Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Dekabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 61 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Xalq bilan muloqotning ta’sirchan usuli

 2018-09-05 12:14:35    286

PDF yuklash
Chop etish


Odamlarning dardini tinglash, ularning murojaatlarini o‘rganish va unga echim topish inson huquqlarini himoya qilish va kafolatlashda muhim ahamiyatga ega.

Shu jihatdan mamlakatimizda xalq bilan muloqot tamoyilining qisqa vaqtda jamiyat hayotida o‘z o‘rnini topgani, aholining ishonchiga sazovor bo‘lgani ham e’tiborga loyiq. Ayniqsa, fuqarolarning dardu tashvishlarini o‘rganishda davlat organlari, mutasaddi idoralar mas’ullarining hozir bo‘lishi murojaatlarni qisqa vaqtda hal etish imkonini bermoqda.

 Mahallalarda va oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish bo‘yicha Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Respublika ishchi guruhi viloyatimizdagi sakkizinchi hudud sifatida Buvayda tumanida faoliyat olib bormoqda.

Ishchi guruhi tomonidan 55 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘rganish ishlari tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Islom sivilizatsiyasi markazi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va boshqa tashkilotlar rahbariyati tarkibidan iborat 11 ta guruh buvaydaliklarning hayoti bilan yaqindan tanishib, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirmoqdalar.

25 – 30 avgust kunlari olib borilgan o‘rganishlar natijalariga ko‘ra, tumanda turli yo‘nalishlarda jami 5152 ta muammolar aniqlandi.

Jumladan, tabiiy va suyultirilgan gaz bo‘yicha 912 ta muammoli masalalar ko‘tarilgan bo‘lib ularning 890 tasi hal etilgan. Aholiga 953 dona maishiy gaz ballonlari tarqatilib, 2352 dona gaz ballonlari 117,6 tonna  suyultirilgan gaz bilan to‘ldirib berildi.

Elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha tumanga 2 dona 100 kVa quvvatli transformator punktlari hamda 104 ta tayanch betonlar, 150 dona metall konstruksiyalari, 31 dona komutatsion apparatlar olib kelindi. Tumanning Ingirchoq, Pishagar, Buvayda, Cho‘taka, Yuqorimang‘it, Turk, Begobod, Ponsod, Tuman, Oltinqo‘rg‘on, Jiydali, Sho‘rqishloq mahallalarida tayanchlarni o‘rnatish va tarmoq tortish, shuningdek, ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Amalga oshirilgan ishlar natijasida tumandagi jami 15 ta mahallalardagi 5856 ta aholi xonadonlarining, 4 ta ijtimoiy soha muassasalari va 61 ta tadbirkorlik sub’ektlarining elektr ta’minoti yaxshilandi.

 Toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida tumanda 12 ta ichimlik suv minorasi ta’mirlandi. 10 km transheya qazildi, 15,7 km polietelin tarmog‘i etkazib berildi hamda 7,7 km tarmoq tortildi. 10 dona suv nasosi o‘rnatilib, 1 ta quduq maxsus kompressor yordamida ta’mirlandi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida qo‘shimcha 1342 ta xonadon yoki 5368 nafar aholi ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

O‘rganishlar davomida ko‘chalardagi ichki yo‘llar bo‘yicha aholidan 210 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni bartaraf etish bo‘yicha 34 ta MFY hududidagi 49 ta ko‘chalarda 13,58 km ichki yo‘llar shag‘allashtirildi, 2 ta ko‘chada 0,29 km ichki yo‘llar asfaltlandi.

Tumanning barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida umumxalq hasharlari ham tashkil etildi. O‘tkazilgan hasharlarda 67,5 gektar er maydonlari obodonlashtirilib, 51,8 km ariq va zovurlar tozalandi. Hashar yo‘li bilan 9,5 km masofada qazish ishlari amalga oshirildi. 41 nafar ehtiyojmand oilalar, yakka yolg‘iz qariyalarning uy-joylari ta’mirlandi, 54 ta ta’lim muassasalari, 34 ta maktabgacha ta’lim muassasalari obodonlashtirildi. 187,4 tonna maishiy va qurilish chiqindilar chiqarib tashlandi.

Melioratsiya tadbirlar bo‘yicha Buvayda, Begobod, Tarrachi, Qum, Yangiqadam, Yoshlarobod, Jov, Yangi qishloq, Qoraqum va Nayman MFY hududlarida 22 xonadon fuqarolari tomonidan bildirilgan muammolar yuzasidan 8,2 km kollektor-drenaj tarmoqlarida ta’mirlash-tiklash tadbirlari bajarilib aholi tomorqalarining 320 ga maydondagi er osti sizot suvlari sathi pasaytirildi. Bachqir, Buvayda, Arab, Qo‘rg‘onobod, Tarrachi, Yangixayot, Oqtepa, Oqqo‘rg‘on, Dodxoh, Sho‘r, Poshshopirim, Hasanqo‘rg‘oncha, Yuqori Mang‘it, Yangiqishloq, Beglar, Oyimqishloq, Turk, Oltinqo‘rg‘on, Yangihayot, Arab, Tuman, Begobod, Sho‘rqishloq MFY hududlarida yashovchi 86 xonadon tomorqalarini sug‘orish uchun oqin suvi etkazib berildi.

Tumanda o‘tkazilgan tibbiy ko‘rikda kasallik aniqlangan 4860 nafar fuqaroga ambulator tarzda, 260 nafar fuqaroga tuman markaziy shifoxonasida, 34 nafar fuqaroga viloyat shifoxonalarida, 2 nafariga respublika ixtisoslashtirilgan shifoxonasida davolanish uchun yo‘llanmalar berildi. Shuningdek, 39 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi va 4 nafariga qo‘ltiqtayoq, 6 nafar fuqaroga eshitish apparati taqdim etildi. Ikki nafar fuqaroga nogironlik guruhi belgilandi. Aholining kam ta’minlangan, ehtiyojmand qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash masalalarida kelib tushgan muammolarni bartaraf etish maqsadida 253 ta oilalarga 54 mln. 200 ming so‘mlik bir martalik moddiy yordam tarqatildi. 16 nafar fuqarolarga jami 26,4 mln.so‘mlik ijtimoiy nafaqalar tayinlandi. “Har bir oila-tadbirkor” Dasturi doirasida 67 nafar fuqarolarga  617 mln. so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.

Olib borilgan ishlar natijasida ko‘p qavatli uylar oldiga qurilgan   10 ga yaqin noqonuniy qurilmalar bartaraf etildi. 6 ta ko‘p qavatli uylarning fasad qismi to‘liq ta’mirlandi hamda 2 ta bolalar maydonchalari tashkil etildi. Shuningdek, Yashnarobod MFYning Kelajak ko‘chasida 2 ta, Buvayda  MFYning Guzar ko‘chasida 3 ta, Yangiqo‘rg‘on MFYning Chustiy ko‘chasida 1 ta ko‘p qavatli uylarning tom va fasad qismlarini ta’mirlash, 2 ta bolalar maydonchalari qurish hamda hududlarni obodonlashtirish, ishlari bajarilmoqda.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

 

Adhamjon UMAROV.

Madaminjon SOLIJONOV.