Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Dekabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 75 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Yangi davlat xizmatlari joriy etildi

×

 2018-09-05 12:19:56    296

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat  davlat xizmatlari  agentligi  boshqarmasi  majlislar zalida  aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning  milliy tizimini yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan  anjuman bo‘lib o‘tdi.

 Ta’kidlanganidek, joriy yilning 7 oyi davomida davlat  xizmatlari  markazlariga  turli sohalardan  189452 ta murojaatlar kelib tushgan.   O‘tgan davr mobaynida  917 ta murojaat rad etilganligi  va 629 tasini ko‘rib chiqish muddatlari buzilganligi aniqlangan. 

 O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining “Aholiga  davlat xizmatlari ko‘rsatishning  milliy tizimini tubdan  isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  Farmoniga  asosan joriy yilning 1 sentyabridan  quyidagi davlat xizmatlari ko‘rsatiladi.  Adliya  organlari va muassasaslaridan chiqadigan  rasmiy hujjatlarga  apostil qo‘yish, tug‘ilganlikni qayd etish,  sudlanganlik,  jismoniy shaxs-soliq to‘lovchining  soliq va boshqa qarzi yo‘qligi (borligi) haqida ma’lumot,  FHDYO  va notariat  organlari tomonidan  arxiv hujjatlarini hamda jismoniy shaxslarga STIR  berish singari xizmatlar shular jumlasidandir. 

  Hududlardagi davlat xizmatlari markazlari orqali  ushbu  yangi  xizmat turlari  qabul qilinishi boshlanganidan so‘ng vakolatli organlar tomonidan  fuqarolardan to‘g‘ridan to‘g‘ri  hujjatlar qabul qilinishi  qat’iyan man etiladi.  Bu tartib buzilganida esa, vakolatli organlar  mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari  qo‘llaniladi.

 Ilmiy-amaliy anjumanda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Mutaxassislarga kerakli tushuncha va tavsiyalar berildi.

  Bahodir  XOLMATOV.