Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA QISHLOQ XO’JALIGI MAHSULOTLARIGA ROSSIYA BOZORLARIGA KENG YO’L OCHILMOQDA

×

 2021-07-23 09:52:16    111

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyati hokimligi investitsiyalar va tashqi savdo kotibiyati mudiri Azimjon Yo’ldashev boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Rossiya Federal ulgurji-tarqatish markazlari tarmog’ini tashkil etayotgan "RusAgroMarket" Xoldingi taklifi bilan Rossiyaning Novosibirsk shahrida bo’lib turibdi.

Viloyatdagi qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirishda ilg’or tumanlar hokimlarining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo’yicha o’rinbosarlari hamda viloyatdagi qishloq xo’jalik sohasidagi yirik tadbirkorlik sub'ektlari rahbarlaridan iborat delegatsiya Novosibirsk shahrida 107 gektar hududda yangi barpo etilgan 233 ming kv.m. maydonga ega qishloq xo’jaligi mahsulotlari ulgurji-tarqatish markazining ochilish marosimida ishtirok etishdi.

Farg’ona viloyati delegatsiyasi, "RusAgroMarket" Xoldingi bosh direktori Bogdan Grigorev hamda Novosibirsk viloyati sanoat, savdo va tadbirkorlikni rivojlantirish vaziri Andrey Goncharov bilan muzokaralar o’tkazdilar.

Ushbu uchrashuvlar natijasida Farg’ona viloyatida yetishtirilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini Rossiya Federal ulgurji-tarqatish markazlari orqali sotilishini yo’lga qo’yish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish, logistikasi hamda savdosi bo’yicha kelgusida yirik hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish bo’yicha dastlabki kelishuvga erishildi.

Farg’onalik qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksportchilariga Novosibirskdagi ulgurji-tarqatish markazida imtiyozli shartlarda joy ajratilishiga, shuningdek, Toshloq tumanida faoliyat yurituvchi “Export Import Quality” xususiy korxonasi rahbari Azimjon Mirzaliyev tomonidan Novosibirsk shahrida o’z korxonasiga qarashli Savdo uyi ochish bo’yicha kelishib olindi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube