Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 101 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BUVAYDA TUMANIDA KATTA SHAHARLARDAGIDAN QOLISHMAYDIGAN ZAMONAVIY TURAR JOY MAJMUASI BARPO ETILDI

×

 2021-12-03 17:29:07    170

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari bilan Buvayda tumani Dodxo MFY hududida barpo etilgan zamonaviy turar joy majmuasini foydalanishga topshirish marosimida ishtirok etdi.

Prezidentimizning “Odamlarni zamonaviy sharoitga ega uylarda yashashga o’rgatish kerak” degan fikrlarini hayotga tadbiq etgan ushbu majmua Baxtiyor Vallomov rahbarligidagi “Fayz Binokor Oltiariq” xususiy qurilish-montaj korxonasi tomonidan qisqa muddatda – 8 oyda qurib bitkazildi.

Jami 234 xonadondan iborat 4 ta 6 qavatli turar joydan iborat, o’zida bolalar maydonchasi, sport maydonchasi, avtoturargohlarni mujassam qilgan ushbu muhtasham majmuaga joriy yil boshida tamal toshi qo’yilgan edi.

Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi, katta shaharlardagidan qolishmaydigan ushbu turar joy majmuasi Davlatimiz rahbarining so’nggi besh yil ichida olib borayotgan islohotlarining yana bir natijasi ekanini qayd etdi.

“O’tgan 5 yil bizga ko’p narsani o’rgatdi. Prezidentimiz juda ko’p yo’nalishlarda o’zlari tavsiyalar berib, o’zlari yo’l-yo’riq ko’rsatib, o’zlari shart-sharoitlarni yaratib beryaptilar. Besh yil oldin bunday uylarni qishloq joylarida emas, viloyat markazlarida ham qurishni tasavvur qila olmas edik. Bizda standart loyiha bo’lardi. Butun O’zbekiston bo’yicha faqat 4 qavatli uylar qurilardi. Bizning suvimiz yetib chiqmaydi, kommunikatsiyamiz ko’tarmaydi deb ruxsat berilmasdi. Hozir 7-9 qavatli uylar ham odatiy holga aylanib qoldi. Farg’onada 16 qavatli turar joy qurdik. Mana, Xudo xohlasa, bu yildan 25 qavatli uylarni barpo etishni rejalashtiryapmiz” dedi viloyat rahbari.

Mamlakatimiz bo’ylab barcha sharoitlarga ega Yangi O’zbekiston massivlari qurishga kirishilganini aytib o’tgan viloyat hokimi, Buvaydada qurib foydalanishga topshirilgan ushbu turar joy majmuasi ham bu katta harakatning bir bo’lagi ekanini qayd etib, “Yurtimizdagi har bir oila uchun, “uy qilsam, o’zimga vatan qilsam, o’zimga bir joy qilsam, bolalarim bilan maza qilib yashasam” deb o’ylab yurgan odamlar uchun mos bo’lgan mana bunday chiroyli uylarning barpo etilishi viloyatimiz, tumanlarimiz ko’rkiga ko’rk qo’shishi bilan birgalikda eng asosiysi, Prezidentimiz qo’ygan masala – xalqimizni arzon, qulay hamma sharoitlarga ega bo’lgan uy-joylar bilan ta'minlashda katta yordam beradi” deb ta'kidladi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube