Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 101 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA TADBIRKORLAR QABULI O’TKAZILDI: TADBIRKORLIKNI HAR TOMONLAMA QO’LLAB-QUVVATLASH 2022 YILDA HAM USTUVOR VAZIFA BO’LADI 

×

 2022-01-10 15:13:10    115

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi viloyat “Tadbirkorlar uyi”da viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Avaz O’rinboyev hamda viloyat hokimi o’rinbosari - viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig’i Iqboljon Ergashev ishtirokida tadbirkorlar qabuli bo’lib o’tdi. Unda 60 nafardan ziyod fuqarolar tadbirkorlik ishlarida yuzaga kelayotgan muammolar, yangi loyihalar va takliflari bilan qatnashdilar.

Xususan, bo’sh turgan binolardan samarali foydalanish, chorvachilikni rivojlantirish, kompensatsiya to’lovini undirish, xususiy maktab, xizmat ko’rsatish shaxobchasi, kompyuter xizmatlari hamda kutubxona, yengil tipdagi savdo do’koni tashkil etish, qurilish, debitor qarzdorlikni undirish, tadbirkorlik uchun kichik sanoat zonasidan yer maydoni ajratish, qishloq xo’jaligida foydalanish maqsadida o’zlashtirilayotgan yer uchun suv qudug’i kavlashga hamda o’quv markazi faoliyatini jonlantirish uchun subsidiya olish, eko bozor tashkil etish kabi turli yo’nalishlarda murojaatlar kelib tushdi.

Tadbirkor Ibrohimjon Karimov Quva tumanida davlat-xususiy sheriklik asosida 400 o’rinli maktab tashkil etish niyati borligini aytib bank kreditini olishda ko’mak so’radi. Uning murojaati o’rganib chiqilib, tijorat bankidan kredit mablag’i ajratilishi yuzasidan mas'ullarga topshiriq berildi.

 Dang’ara tumanidan kelgan Baxtiyor Mamajonov A-373 Toshkent-O’sh avtomobil yo’li yoqasida bo’sh yer maydonida innovatsion “Avtokemping” qurish masalasini ilgari surdi. Yuk mashinalariga mo’ljallangan joy, avtomobillarga yoqilg’i quyish stantsiyasi, yuklarni saqlash omborlari hamda turistlar uchun ko’plab qulayliklar yaratilishini aytdi. Tadbirkorga bu yo’nalishda viloyatda dastur ishlab chiqilganligi ma'lum qilinib, loyiha tegishli tartibda qo’llab-quvvatlanishi bildirildi. 

Qabulda har bir murojaat viloyatdagi tegishli boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, mas'ul shaxslar ishtirokida ko’rib chiqilib, hal etilishi mumkin bo’lganlariga amaliy yechimlar belgilandi. Qonuniy jihatdan qanoatlantirish imkoniyati mavjud bo’lmagan murojaatlar bo’yicha ham tadbirkorlarga tegishli tushuntirishlar berildi. Shuningdek, hech bir murojaat e'tibordan chetda qolmasligi, tadbirkorlar qabuli viloyatimiz shahar-tumanlarida ham amalga oshirilib, tadbirkorlikni har tomonlama qo’llab-quvvatlash 2022 yilda ham Farg’onada ustuvor masala bo’lishi ta'kidlandi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube