Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 150 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA KOREYA STANDARTLARI ASOSIDA INGLIZ TILI CHUQUR O’RGATILADIGAN MTM TASHKIL ETILADI

×

 2022-04-19 09:25:24    269

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Koreya-O’zbekiston Biznes assotsiatsiyasi rahbari Edvard Kim, assotsiatsiyaning viloyatdagi vakolatxonasi rahbari Yun Jeong Sok, Janubiy Koreyaning “Edulink Global” kompaniyasi prezidenti Chungrim Xan, kompaniya direktori Jang Von Lidan iborat delegatsiyani qabul qildi. 

Uchrashuvda “Edulink Global” kompaniyasi tomonidan Farg’ona shahrida barpo etishga kirishilayotgan zamonaviy maktabgacha ta'lim muassasasi loyihasini amalga oshirish jarayonlari bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi.

Innovatsion ta'lim tizimiga asoslangan va yuqori darajada ingliz tili o’rgatishga ixtisoslashgan ushbu maktabgacha ta'lim muassasasida tarbiyalanuvchilarning ota-onalari, muassasa xodimlari, mutasaddi davlat tashkilotlari mas'ullarini jamlagan onlayn platforma ham joriy etilishi ko’zda tutilgani ma'lum qilindi.

Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasining joriy yil mart oyida Koreyaga tashrifi doirasida Seulda Chungrim Xan bilan muzokaralar o’tkazilib, viloyat hokimligi va “Edulink Global” kompaniyasi o’rtasida Farg’onada maktabgacha ta'lim sohasiga investitsiya kiritish yuzasidan qiymati 2 million dollar bo’lgan hamkorlik memorandumi imzolangandi.

Muloqotda so’z olgan Chungrim Xan ushbu kelishuvning o’zlari uchun ham juda ahamiyatli ekanini qayd etib, “Yaxshi niyat bilan jamg’arilgan sarmoyalarimizni yo’naltirish uchun eng maqbul mamlakat sifatida O’zbekistonni, hudud o’laroq Farg’onani tanladik”, deb ta'kidladi.

Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev, viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig’i Yulduz Xodjayeva ham ishtirok etishdi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram