Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 102 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


STANDARD & POOR'S XALQARO REYTING AGENTLIGI FARG’ONA VILOYATIGA B+ DARAJASIDAGI “BARQAROR” PROGNOZLI KREDIT REYTINGINI BERDI

×

 2022-06-13 20:25:22    525

PDF yuklash
Chop etish


Standard & Poor's xalqaro reyting agentligi (S&P Global Ratings) Farg’ona viloyatining xorijiy va milliy valyutadagi uzoq muddatli kredit reytingini B+ darajasida “Barqaror” deb baholadi.

2022 yil 3 iyun kuni e'lon qilingan S&P Global Ratings hisobotida viloyat byudjetining yuqori ko’rsatkichlari hamda tijoriy qarzdorlikning mavjud emasligi alohida e'tirof etilib, kelgusi uch yil davomida viloyat byudjeti oshirib bajarilishi bashorat qilingan.

Qolaversa, agentlik ekspertlari fikriga ko’ra, qarzdorlik darajasi deyarli nolga teng ekani natijasida viloyatning likvidlik ko’rsatkichlari yuqori bo’lishda davom etadi.

Shuningdek, viloyatning 2019 yildan boshlab moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlari hamda 2024 yilgacha bo’lgan moliyaviy-iqtisodiy holati prognozi bo’yicha qilingan tahlillarga ko’ra, reyting agentligi tomonidan Farg’ona viloyati kelgusi 12 oy ichida markaziy hukumatdan transferlar hisobiga kuchli byudjet ko’rsatkichlarini saqlab qolishi va o’rta muddatli istiqbolda qarzga mutlaq ega bo’lmasligiga ishonch bildirildi.

B+ reyting ko’rsatkichi dunyoda iqtisodiy holati barqaror va moliyaviy jihatdan qarzdorligi bo’lmagan hamda sog’lom investitsion muhitga ega bo’lgan hududlarga berilib, o’sha hududning xalqaro doiradagi holati ijobiy pog’onada ekanligini bildiradi.

Ma'lumot uchun, S&P Global Rating xalqaro reyting agentligi tomonidan Turkiya, Bahrayn, Iordaniya va Eron kabi mamlakatlar kredit reytinglari ham aynan B+ darajasida baholangan.

Agentlikning ta'kidlashiga ko’ra, ctatistik ko’rsatkichlarda viloyatning iqtisodiy salohiyati yildan yilga sezilarli miqdorda ko’tarilgan va buning isbotini viloyatning turli sohalarda qayd etayotgan natijalarida kuzatish mumkin. Kelgusida, ya'ni 12 oydan so’ng, Farg’ona viloyatida faoliyat yuritayotgan institutsional tizimning yaxshilanishi yoki mintaqaning boylik darajasi ko’rsatkichlari ko’tarilishi shunday sur'atda davom etsa, reyting yana bir darajaga yuqorilashi qayd etildi.

Farg’ona viloyatida 2017-2021 yillarda yalpi hududiy mahsulot (YaHM) hajmi 228,1 % ga o’sib, 2021 yil yakuni bilan 47,3 trln. so’mni tashkil etdi. (Yillar kesimida olib qaraganda: 2017 yil – 20,7 trln. so’m, 2018 yil – 27,7 trln. so’m, 2019 yil – 32,7 trln. so’m, 2020 yil – 37,6 trln. so’m, 2021 yil – 47,3 trln. so’m). 2022 yilda bu ko’rsatkich 53,7 trln. so’mga teng bo’lishi kutilmoqda.

Sohalar bo’yicha tahlil qilganda, 2017 yilda 9,7 trln. so’m bo’lgan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2021 yilda 2,86 barobarga oshib 27,8 trln. so’mga yetgan, 2022 yilda 32,9 trln. so’mga yetishi kutilmoqda. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 5 yil davomida 2,2 barobar o’sish qayd etib, 12,7 trln. so’mdan 28,1 trln. so’mga ortdi, joriy yilda esa qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmini 31,9 trln. so’mga yetkazish rejalashtirilgan.

Ijobiy xalqaro reyting ko’rsatkichiga erishishda viloyatda faol o’zlashtirilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmi va jadal tashqi savdo dinamikasi ijobiy ta'sir ko’rsatdi.

Farg’ona viloyatiga jalb etilgan to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyalar hajmi yildan yilga oshib bormoqda. Viloyatga o’tgan 2021 yilda 2017 yilga nisbatan 16,5 barobardan ko’p xorijiy investitsiya kirib kelishiga erishildi. (2017 yilda 31,1 million dollar, 2021 yilda 512,3 million dollar). Dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra, 2022 yilning yanvar–may oylarida o’zlashtirilgan xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi esa 411 mln. dollarni tashkil etdi, o’sish ko’rsatkichi 2021 yilning mos davriga nisbatan 2,8 barobarga ortdi. 2022 yil yakuni bo’yicha 1 mlrd. dollar to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etish rejalashtirilmoqda.

2021 yilda Farg’ona viloyati eksporti hajmi 756,3 million dollarga teng bo’ldi. 2017 yilga nisbatan olganda, 319 million dollarga (173%), 2020 yilga nisbatan esa 202,1 million dollarga yoki 36,4 foizga teng o’sish qayd etildi. Farg’ona viloyati tadbirkorlari tomonidan yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan mahsulotlar dunyoning 70 dan ziyod mamlakatlariga eksport qilinmoqda. 2022 yil davomida 1 mlrd. 100 mln. dollarlik sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirish ko’zda tutilgan.

Yaratilayotgan qulay investitson muhit natijasida Farg’ona viloyatida xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar soni ham yil sayin ortib bormoqda. Farg’ona viloyatida ro’yxatdan o’tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 2017 yilda 184 tani, 2018 yilda 253 tani, 2019 yilda 388 tani tashkil etgan bo’lsa, 2020 yilda ular soni 444 taga, 2021 yilda 535 taga, 2022 yil may holatiga esa 552 taga yetdi.

Bunday korxonalar soni eng yuqori bo’lgan davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda – 128 ta korxona. Keyingi o’rinlardan 123 ta korxonaga ega Rossiya va 63 ta korxonaga ega Turkiya joy oldi. Shuningdek, xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar soni bo’yicha Koreya Respublikasi va Qirg’iziston ham yetakchi beshtalikdan joy olgan: mos ravishda, 42 ta va 40 ta.

Ishonch bilan aytish mumkinki, S&P Global Rating xalqaro reyting agentligi tomonidan Farg’ona viloyatiga berilgan B+, ya'ni “barqaror” kredit reytingi darajasi viloyatga investorlar va boshqa moliya tashkilotlarini jalb qilib, kirib kelayotgan investitsiyalar oqimini jadallashtiradi. Agentlikning reyting va indekslari orqali viloyatning makroiqtisodiy siyosati va ko’rsatkichlari haqida ochiq ma'lumotlar taqdim etilganligi investorlar uchun viloyatga investitsiya kiritish bo’yicha qaror qabul qilish jarayonini osonlashtiradi va katta investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun imkoniyatlar eshigini keng ochadi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram