Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 220 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV BUTUNJAHON HUNARMANDLAR KENGASHI PREZIDENTI SAAD AL-QADDUMIY BILAN UCHRASHDI

×

 2022-09-10 14:51:27    103

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyatimizda bo’lib turgan Butunjahon hunarmandlar kengashi (World craft counsil) Prezidenti Saad al-Qaddumiy, Kengashning Osiyo-Tinch Okeani mintaqasi Bosh kotibi, vitse-prezident Aziz Murtazayev hamda professor Asif Shayxdan iborat Xalqaro baholash komissiyasi a'zolari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Marg’ilon shahriga Butunjahon hunarmandlar kengashi tomonidan beriladigan Hunarmandlar shahri maqomini olish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbarining alohida e'tiborlari natijasida viloyatimizda hunarmandchilik keng rivojlanib borayotganini qayd etgan viloyat hokimi, mehmonlarga viloyatimizda bu sohani rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ishlar, Marg’ilon, Rishton, Qo’qon hunarmandchiligi haqida, joriy yilda 13 ta tumanda yangi qurib bitkazilgan “Hunarmandlar markazlari”, Rishton tumanida barpo etilayotgan 4 ta kulolchilikka ixtisoslashgan Hunarmandlar markazlari to’g’risida ma'lumot berdi. Prezidentimizning qo’llab-quvvatlashlari natijasida Furqat tumanida O’zbekiston xalq ustasi Muhammadali Yunusovning ustaxonasi qoshidagi Yog’och o’ymakorligi markazi barpo etilgani, korxona yonida hunarlar bilan birga matematika, geometriya, fizika, kimyo kabi fanlarni ham chuqurlashtirib o’qitadigan maktab tashkil etilayotgani ham alohida qayd etildi. “Usta-shogird” an'anasi orqali hunarmandlarning oilaviy sulolalari avloddan-avlodga kasb sirlarini yetkazib kelayotgani alohida tilga olindi.

2014 yildan beri mavjud bo’lgan Jahon hunarmandlar shaharlari ro’yxatidagi dunyoning 55 shahri qatoriga O’zbekistondan ikki shahar – Qo’qon va Buxoro kiritilganini mamnuniyat bilan qayd etgan Xayrullo Bozorov, Marg’ilon shahriga ham bunday yuksak maqomning berilishi Farg’ona viloyati hunarmandchiligi uchun yana bir katta yutuq bo’lishini ta'kidladi.

Butunjahon hunarmandlar kengashi Prezidenti Saad al-Qaddumiy Farg’ona viloyati qadimdan hunarmandchilik rivojlangan madaniyat markazlaridan biri ekani, hunarmandchilik va xalq amaliy san'atining turli yo’nalishlari rivoj topganidan yaxshi xabardor ekanini aytib, bu borada O’zbekistonda bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar dunyo hunarmandlari jamoatchiligi tomonidan katta e'tirof etilayotganini qayd etdi.

Viloyat hokimi mehmonlarni joriy yil 20-22 oktyabr kunlari Marg’ilonda bo’lib o’tadigan“Atlas bayrami” beshinchi milliy matolar festivali hamda kelgusi yil Qo’qonda o’tkaziladigan II Xalqaro hunarmandchilik festivaliga, shuningdek, Rishtonda o’tkazish rejalashtirilayotgan kulolchilik bo’yicha xalqaro konferentsiyaga taklif qildi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram