Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 220 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MARG’ILON SHAHAR MUSIQALI MAQOM TEATRI UCHUN TURK ME'MORLARI LOYIHASI ASOSIDA YANGI ZAMONAVIY BINO BARPO ETILADI

×

 2023-01-18 17:18:17    608

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Mehmet Bektash boshchiligidagi Turkiyaning Studio Vertebra me'morlik kompaniyasi vakillarini qabul qildi.

O’zbekistonda qator muvaffaqiyatli loyihalarning muallifligini qilayotgan Studio Vertebra vakillari bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda kompaniya tomonidan Farg’ona viloyati uchun ishlab chiqilayotgan loyihalar hamda kontseptsiyalar muhokama qilindi.

Xususan, Marg’ilon shahridagi sobiq ''AQUA PARK'' hududida joriy yilda qurilish ishlari boshlanishi rejalashtirilayotgan Marg’ilon shahar musiqali maqom teatrining 500 o’rinli yangi binosi loyihasining yakuniy ko’rinishi viloyat hokimiga taqdim etildi.

Studio Vertebra me'morlari tomonidan Farg’ona shahrida Qirguli sport-baliqchilik xo’jaligi sifatida foydalanib kelinayotgan ko’lni zamonaviy turistik xizmatlar bilan boyitilgan cho’milish va dam olish zonasiga aylantirish bo’yicha loyiha kontseptsiyasi ishlab chiqilishiga kelishib olindi. Ushbu hududdan zamonaviy mehmonxona, barcha sharoitlarga ega plyaj, suv bo’yiga joylashtiriladigan restoranlar va xizmat ko’rsatish shaxobchalari o’rin olishi maqsadga muvofiqligi qayd etildi.

Shuningdek, viloyatimizda barpo etilishi ko’zda tutilayotgan Ko’rgazmalar markazi loyiha kontseptsiyasi ham viloyat qurilish bosh boshqarmasi tomonidan Studio Vertebra kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqiladigan bo’ldi. Loyiha kontsentsiyasiga ko’rgazma pavilonlari, biznes markazi, 500 o’rinli konferentsiyalar zali va boshqa ob'ektlarning kiritilishi belgilab berildi.

Uchrashuvda viloyat qurilish bosh boshqarmasi boshlig’i Laziz Pozilov ham ishtirok etdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram