Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YAPONIYANING SANSHO KOMPANIYASI FARG’ONADA CHIQINDINI QAYTA ISHLASH KORXONASI LOYIHASINI AMALGA OSHIRISHGA KIRISHDI

×

 2023-02-04 13:07:09    611

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Yaponiyaning Sansho kompaniyasi prezidenti Akazava Masakini qabul qildi.

Uchrashuvda Yaponiya kompaniyasi tomonidan Farg’onada ikki bosqichda tashkil etish rejalashtirilayotgan chiqindini qayta ishlash korxonasi loyihasini amalga oshirish jarayonlari muhokama qilindi.

100 foiz to‘g‘ridan to‘g‘ri Yaponiya kompaniyasi investisiyasi hisobiga amalga oshiriladigan, qiymati 10 million dollar bo’lgan mazkur loyihaning 3 million dollarlik birinchi bosqichida Ekoshahar va uning atrofidagi hududlardagi chiqindilarni ajratish va qayta ishlash bo’yicha Yaponiya texnologiyasiga asoslangan ekologik toza korxona tashkil etish ko’zda tutilayotgan bo’lsa, ikkinchi bosqichda chiqindilarning qayta ishlash mumkin bo’lmagan qismini yoqish orqali elektr energiya ishlab chiqarishga asoslangan korxona tashkil etish reja qilingan.

Viloyatimizda kuni kecha davlat ro’yxatidan o’tgan “Sansho Japan” MChJ xorijiy korxonasi guvohnomasi bugungi uchrashuvda Akazava Masakiga topshirildi.

Loyiha Farg’ona tumani Satkak qishlog’i yaqinida joylashgan markaziy chiqindixona hududida amalga oshiriladi, Ekoshahar hududidagi chiqindilar bilan birga chiqindixona hududidagi chiqindilarni ham qo’shib qayta ishlash tashkil etiladi. Istiqbolda chiqindixona hududi to’la tozalanib, kichik sanoat zonasi tashkil etilishi reja qilingan.

Loyihaning birinchi bosqichi joriy yil sentyabr oyiga qadar ishga tushirilishi ko’zda tutilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram