Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 135 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XALQ DEPUTATLARI FARG’ONA VILOYAT KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2023-03-17 14:30:02    134

PDF yuklash
Chop etish


Bugun xalq deputatlari Farg’ona viloyat Kengashining navbatdagi ellik beshinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiya ishida viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati a'zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.

Kun tartibiga ko’ra, dastlab O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan tegishli nazorat idoralarini jalb qilgan holda viloyatdagi dehqon bozorlarida olib borilgan o’rganishlar natijalari haqida ma'lumot berildi. Viloyat prokurorining o’rinbosari Shuhrat Mustafayev dehqon bozorlarining ahvoli, asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini qish-bahor mavsumiga zaxiraga g’amlanishi hamda mablag’larning maqsadli sarflanishi bo’yicha viloyat hokimligiga tayyorlangan taqdimnomani tanishtirib o’tdi.

Shuningdek, bozorlarda sotuvchi hamda xaridorlar uchun qulay sharoitlar yaratish, sanitariya holatini yaxshilash, jamoat tartibini saqlash va yong’in xavfsizligini ta'minlash borasida olib borilayotgan ishlar, yo’l qo’yilgan kamchilik va muammolar, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari mas'ullar ishtirokida muhokama qilindi.

Shundan so’ng Oliy Majlis Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman)ning Farg’ona viloyati mintaqaviy vakili Alisher Komilovning 2022 yil davomida fuqarolarni xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma'ruzasi eshitildi.

Sessiya ishida viloyatda 2023 yilda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini kafolatli yetkazib berish va narxlar barqarorligini ta'minlash bo’yicha ishlab chiqilgan “Yo’l xaritasi” ham ko’rib chiqildi.

Beshariq va Furqat tumanlarida yangi kichik sanoat zonalarini tashkil etish jarayonlariga ishtirokchilar e'tibori qaratildi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi referendumiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish bo’yicha “11-Farg’ona” referendum o’tkazuvchi okrug komissiyasi tarkibini tuzish hamda tasdiqlash uchun Markaziy saylov komissiyasiga tavsiya etish masalasi ham kun tartibidan joy oldi.

Sessiyada ko’rib chiqilgan masalalar yuzasidan xalq deputatlari viloyat kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram