Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 110 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Tinchlik sururidan yashnagan bo‘ston

×

 2018-07-20 14:53:26    132

PDF yuklash
Chop etish


Mashina tog‘ yo‘liga kirishi bilan qaynoq yozning hovuri pasaygandek bo‘ladi. Ruhingda boshqacha хotirjamlik uyg‘onadi. Yaqin-yaqingacha Shohimardonga kirib borishga o‘ylanardik. Chegaradagi tirbandliklar, yo‘l mashaqqatlari degandek.

Endi vaziyat butunlay boshqacha. Ikki mamlakat rahbarlari ishtirokidagi muzokaralar, istiqbolli kelishuvlar tufayli bu chegaralar do‘stlik sarhadlariga aylandi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning  xalqparvar, uzoqni ko‘zlagan oqil va dono siyosati tufayli qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stona aloqalarimiz kundan kunga yaxshilanib borayotgani mazkur hududlar aholisi farovon hayot shukuhidan bahramand bo‘lishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Go‘zal bo‘stonga safarimizning ilk kunidayoq 3312 nafar aholining tashvishi bilan band bo‘lgan mahalla fuqarolar yig‘iniga oshiqib kirdik. Yig‘in raisi Rustamjon Tojiboev bilan samimiy suhbatimiz payti viloyat hokimligi tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish uchun bir qator ibratli ishlar amalga oshirilayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladi. Xuddi shunday ezgu harakatlar ko‘lami Yordon qishlog‘ida ham keng quloch yozayotganidan yig‘in raisi Abdusalom Xolmatov bizni boxabar qildi.

– Joriy yilning aprel oyida ishchi guruhi tomonidan Shohimardon va Yordon qishloqlari aholisi bilan samimiy muloqotlar o‘tkazilgani, muqim ish o‘rinlari yaratish borasidagi tashabbuslar qishlog‘imiz ahlini juda quvontirdi, – deb suhbatimizga qo‘shildi mahalla maslahatchisi Sanobarxon Normatova. – Masalan, “Ibratli bekam” o‘quv markazining qishlog‘imizdagi filialida qizlarimiz 4 ta yo‘nalish bo‘yicha bepul saboq olishyapti. Ular qisqa muddat ichida pazandachilik, to‘qimachilik, sartaroshlik va chevarchilik yo‘nalishlarida mahorat orttirishyapti. Ehtiyojmand oilalardan 2 tasiga, imkoniyati cheklangan 1 nafar yurtdoshimizga uy ajratib berildi.

Shoshqin soylar va purviqor tog‘lar bag‘riga kirib kelayotgan avtobuslar, engil avtomobillarning to‘xtovsiz harakatidan maskanda ichki turizmning rivojlanib borayotganini, yurtdoshlarimizning shodonliklari bilan fayz olgan ilgarigi SHohimardon manzaralari yana qayta jonlanayotganini anglaysiz. Albatta, bu jarayonda fuqarolar xavfsizligi masalasini e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Har ikki qishloqqa xizmat ko‘rsatuvchi profilaktika inspektori, serjant Dilshodjon Xo‘jaev, leytenant Xayrullo Nishonovlar bu yo‘lda astoydil xizmat qilishyapti. Jumladan, yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari ishtirokida haydovchilar bilan muntazam tushuntirishlar olib borilayotgani, tungi nazorat tadbirlarining tashkil etilishi aholi va mehmonlar osoyishtaligini ta’minlashga hissa qo‘shyapti.

Ziyoratchilar va sayyohlar qatnovidan fayziyob ko‘chalar, bag‘rikeng shohimardonliklar saxovati so‘lim qishloqdagi obodliklar nashidasidir. Quvonarlisi tinchlik sururidan yashnagan bo‘stonnning istiqboli bundanda yorug‘, bundanda tarovatli bo‘ladi.

 Madaminjon SOLIJONOV