Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 448 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


DEPUTATLAR TUMANNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH BO’YICHA “YO’L XARITASI”NI MUHOKAMA QILDILAR

×

 2020-10-05 19:59:21    222

PDF yuklash
Chop etish


BUGUN, 5 oktyabr kuni xalq deputatlari Bag’dod tumani Kengashining navbatdagi XIII sessiyasi bo’lib o’tdi. Uni Kengash raisi, tuman hokimi Alibek Tursunov ochdi va olib bordi.

    Sektorlar rahbarlari, tuman hokimi o’rinbosarlari, ijtimoiy-iqtisodiy sohalar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashgan sessiya ishida deputatlar tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha ishlab chiqilgan “Yo’l xaritasi”ni muhokama qildilar.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida shu yilning 24 sentyabr kuni bo’lib o’tgan videoselektor yig’ilishida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting ko’rsatkichlari natijasiga ko’ra, Bag’dod tumani “o’rta hudud” sifatida baholangan edi. O’tgan davr mobaynida yo’l qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, 2020 yil yakunlari hamda kelgusi yilning 1-yarim yilligida barcha ko’rsatkichlarni yaxshilash yuzasidan sektor rahbarlari tomonidan “Yo’l xaritasi” ishlab chiqildi. Sessiyada mazkur “Yo’l xaritasi”da ko’zda tutilgan aniq va manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish mexanizmlari, belgilangan muddatlar hamda ijrochi-mas'ullarning vazifalari bo’yicha sektor rahbarlarining axborotlari tinglandi.

    Dastlab sessiya ishtirokchilari tuman Kengashi raisi, tuman hokimi, 1-sektor rahbari Alibek Tursunovning axborotini tingladilar.

    Axborot beruvchi mamlakatda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish, aholi bilan muloqot tizimini yo’lga qo’yish, aholi turmush darajasi va bandligini oshirish, hududlarni jadal va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta'minlashda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirilish maqsadida Davlatimiz rahbarining 2020 yil 1 maydagi “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish to’g’risida”gi PQ–4702-son qarori qabul qilingani, unga ko’ra tumanlar va shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini reyting baholash tizimi joriy etilganiga to’xtalib o’tdi.

    Tuman hokimi o’z so’zida Prezidentning yuqoridagi ma'ruzasida qayd etib o’tilgan ishlar va vazifalarni sektor rahbarlari bilan birgalikda amalga oshirib, 2020 yil yakuni bilan tumanni “o’rta” hudud toifasidan “yaxshi” hudud toifasiga chiqarish uchun barcha zaruriy choralar ko’rilishini ta'kidladi.

    Shundan so’ng tuman prokurori, 2-sektor rahbari Mirzobedil Nazarov, tuman IIB boshlig’i, 3-sektor rahbari Jahongir Hasanov, tuman DSI boshlig’i, 4-sektor rahbari Abdurasul Qosimovning kun tartibidagi masala yuzasidan axborotlari tinglandi.

     Sessiyada viloyat hokimining o’rinbosari, viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig’i Muhsinxo’ja Abdurahmonov qatnashib, kun tartibidagi masala yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.

Sessiya yakuniga ko’ra, deputatlar tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha ishlab chiqilgan “Yo’l xaritasi”ni tasdiqlash yuzasidan qaror qabul qildilar.

Bag’dod tumani hokimligi Axborot xizmati.