Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 45 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi

×

 2018-03-15 18:32:52    71

PDF yuklash
Chop etish


Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi jahon andozalariga mos yangi bosqichga ko‘tarilyapti.

 Muhtaram Prezidentimizning “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan davlat xizmatlarining sifati, tezkorligi, shaffofligi kabi bir qator ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi.

Shu yilning 11 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona viloyati Xalq qabulxonasi binosi oldida Adliya vazirligi huzurida tashkil etilgan Davlat xizmatlari ko‘rsatish agentligi shahar-tuman bo‘limlariga xizmat avtomashinalari topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni viloyat hokimi o‘rinbosari Ilhomjon Nosirov ochdi va olib bordi.

- Farmon ijrosi belgilangan vazifalarni yanada katta mas’uliyat bilan bajarish va faoliyatga yangicha yondashuvni talab etadi, – dedi yig‘ilishda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov. – Boisi ayni jarayondagi izchil sa’y-harakatlar muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” degan yangi konsepsiyani ro‘yobga chiqarishga qaratilgan.

Darhaqiqat, mazkur xizmat faoliyati har jihatdan rivojlanishi markazdan olisda yashovchi aholi vakillari uchun sayyor qabullar uyushtirish, kerak bo‘lsa, har bir masala va muammoni mahalla hamda xonadonning o‘zida hal etish imkonini beradi. Natijada aholining davlat xizmatlaridan foydlanish imkoniyati yaxshilanadi, vaqt va moliyaviy xarajatlar kamaytiriladi. Zamonaviy xizmatlar ko‘rsatish sifati yaxshilanib borishi esa xalqimizning davlat idoralaridan minnatdor bo‘lishi va ertangi kunga ishonchi ortib borishiga erishishda muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona viloyati Xalq qabulxonasi rahbari Robaxon Mahmudova, “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi Topivoldi Xoldorov bunday e’tibor va rag‘bat “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu tashabbusning amaldagi tantanasi ekanligini mamnuniyat bilan ta’kidlab o‘tdilar.

Tadbir yakunida Davlat xizmatlari ko‘rsatish agentligining shahar-tuman bo‘limlari rahbarlariga yangi avtomashinalar kalitlari tantanali ravishda topshirildi.


B. MADIYOROV.

Suratni Sh. QORABOEV olgan.