Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 48 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Farmon va ijro: Mulk huquqini e’tirof etmoqchimisiz?

×

 2018-05-21 16:11:55    102

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil  20 apreldagi “Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan viloyat hokimining 208-sonli qarori qabul qilindi. “Farg`ona haqiqati” tahririyati tomonidan Farmon va qaror mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng tushuntirish, viloyatimizda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar bo‘yicha soha mutaxassislari bilan davra suhbati tashkil etildi.

Yunusali IBRAGIMOV, – viloyat Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshlig‘i:

– Fuqarolarning qonunchilikda meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida ajratilgan yer uchastkalarida yakka tartibda uy-joy qurish huquqi kafolatlangan.

Biroq bugungi kunda aksariyat fuqarolarimiz yillar davomida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarida hech qanday huquqiy hujjatlarsiz uy joy qurib foydalanib kelishmoqda.

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer hamda unda qurilgan imorat - qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalari, shuningdek, imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki shaharsozlik normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa imorat, inshoot yoki o‘zga ko‘chmas mulk hisoblanadi.

Bugungi kunda viloyat bo‘yicha umuman xujjati mavjud bo‘lmagan lekin fuqarolar tomonidan 15 yildan ortiq foydalanib yashab kelgan 168631 ta turar joy ob’ektlari mavjud.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 aprel kungi “Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-5421-sonli Farmoni bilan uy-joyga doir huquqlarning amalga oshirilishi va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanish, shuningdek, fuqarolarga tegishli bo‘lgan turar joylarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ko‘maklashish maqsadida ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joylariga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini e’lon qilish to‘g‘risidagi taklifini amalga oshirilishiga ruxsat berildi.

Farmonda farmon qabul qilingan vaqtga qadar qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joyga nisbatan mulk huquqi ushbu ob’ektga o‘z shaxsiy mulki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilayotgan shaxsga ushbu yer uchastkasi yoki uchastkaning bir qismi unga qonun hujjatlariga muvofiq turar joy qurish uchun ajratilishi mumkin bo‘lmagan yer maydonida joylashmagan bo‘lsa, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat shaharsozlik normalari va qoidalari talablarini buzmayotgan bo‘lsa, shuningdek, uning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasa yoxud fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmasa e’tirof etiladi deb belgilangan.

Mulk huquqi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan tashkil etiladigan Ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha komissiyaning taqdimnomasiga ko‘ra tuman (shahar) hokimining qarori bilan, umumiy mulk haqidagi fuqarolik va oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qoidalariga amal qilish sharti bilan, fuqarolar tomonidan eng kam ish haqining besh baravari miqdorida bir martalik yig‘im to‘langandan keyin amalga oshiriladi.

Shuhrat SATTOROV, – viloyat Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi huquqshunosi:

– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bir martalik aksiyaning amal qilish muddati tugagunga qadar sudlarga o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzib tashlash bo‘yicha da’vo kiritishni to‘xtatib turilishini, qonun hujjatlariga asosan turar joy qurish uchun ajratilishi mumkin bo‘lmagan yer maydonida joylashgan yer uchastkasida yoki uchastkaning bir qismida qurilgan ob’ektlardan tashqari, sudlarning turar joy sifatida foydalanilayotgan o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzib tashlash to‘g‘risidagi ko‘rib chiqilayotgan da’volar hamda ijro qilinmagan qarorlari bo‘yicha belgilangan tartibda kelishuv bitimlari tuzilishi ta’minlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan joylarda Ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha komissiya faoliyatida qonuniylikning ta’minlanishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi.

Farmonda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bir martalik xarakterga ega hamda 2019 yil 1 may kuniga qadar kechiktirilmasdan amalga oshiriladi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, boshqa vakolatli organlarning mansabdor shaxslari keyinchalik o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga yo‘l qo‘yganliklari uchun shaxsan javobgar hisoblanadi deb belgilab qo‘yilgan.

Faxriddin NIYOZOV, – viloyat Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi rahbari:

– Hozirda fuqarolarning ortiqcha yerlari zaxira yerlarga olib qo‘yilmoqda. Bu borada ham aksiya doirasida fuqarolarga yengilliklar beriladi. O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etishda mulkdorga u qurgan yer uchastkasiga yoki uchastkaning bir qismiga qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida meros qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi berilib, ortiqcha qismini zaxira yerlariga olish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 121-moddasida nazarda tutilgan jarima solinmaydi.

Viloyat markazlari va tuman, shaharlarda ko‘p qavatli uyning birinchi qavatida yashayotgan aholi uyi atrofini o‘rab, hovli qilib olgan holatlar mavjud. Farmonning ikkinchi bandida, “ushbu yer uchastkasi yoki uchastkaning bir qismi unga qonun hujjatlariga muvofiq turar-joy qurish uchun ajratilishi mumkin bo‘lmagan yer maydonida joylashmagan bo‘lsa” deyilgan. Bu degani agar qonun bo‘yicha aksiya e’lon qilinmasdan oldin biror joydan yer ajratish ta’qiqlangan bo‘lsa, o‘sha joy uchun egalik huquqini olish mumkin emas. Farmonga ko‘ra, aksiyada faqat yakka tartibdagi uy-joylarga nisbatan mulk huquqi berilishi nazarda tutilgan.

Egalik huquqi yo‘q, ammo soliq to‘langan yerlar, ya’ni 4 sotix yer uchastkasiga egalik huquqi va 6 sotix maydonga foydalanish huquqi bor bo‘lgan fuqaro bir umr shu yerda yashagan va soliqlarni to‘lab borgan bo‘lsa, bu sabab davlat idorasining shu fuqaroga egalik huquqini berish majburiyatini yuklamaydi. Fuqaro soliq to‘laganda yerdan foydalanganlik uchun soliq to‘lovlarini to‘lagan. 

Fuqaro o‘zining egalik huquqi bo‘lgan 6 sotix hovlisiga, ya’ni kadastr xujjatlari bo‘lgan yerining yarmiga qo‘shimcha uy-joylar qurgan. Bu ham shaharsozlik talablariga javob bermagani bois, o‘zboshimchalik bilan qurilgan hisoblanadi. O‘tkazilayotgan bir martalik aksiyada mana shunday uy-joylarga ham mulk huquqi berilishi nazarada tutilgan.


Davra suhbatini M.ABDURAHIMOVA tayyorladi.