Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 68 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Mavsumning eng mas’uliyatli pallasi

×

 2018-05-21 16:24:45    93

PDF yuklash
Chop etish


Ayni kunlarda viloyatimizda joriy yilgi g‘alla mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida keng ko‘lamli sa’y-harakatlar olib borilyapti. Bu borada viloyat hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi asosida barcha shahar-tumanlarda mavsumning barcha ishtirokchilari bilan yuzma-yuz muloqotlar, amaliy seminarlar o‘tkazilyapti.

Shu yilning 17 may kuni viloyat hokimi Shuhrat G‘anievning Qo‘qon hududi tumanlarida g‘alla  mavsumi qatnashchilari bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

-                Mehnatlar samarasi ko‘rinadigan kunlarga yaqin qoldi. Elimizning rizq-nasibasi bo‘lgan g‘allani o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib olish eng mashaqqatli, katta mas’uliyat talab qiladigan yumush, – dedi viloyat rahbari Uchko‘prik tumanidagi “Salang texnika servis” MCHJda tahlil va tanqid ruhida tashkil etilgan amaliy seminarda. – Shu bois ishtirokchilarga munosib shart-sharoit yaratish, ularning bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida mavsum davomida barcha hududlarda uch marotaba shu kabi amaliy seminarlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ta’kidlash joizki, bu yilgi g‘alla mavsumida viloyatimizda 324 ta o‘rim-yig‘im otryadlari tashkil etildi. Viloyatimizning 111 ming gektardan ziyod maydonida yetishtirilgan g‘allani belgilangan muddatda o‘rib olish uchun 324 ta kombaynlar faoliyat ko‘rsatadi. Bu texnikalarning 113 tasi Keys, Nyu-Xolland, 211 tasi esa Klaas-Dominator-130 rusumli zamonaviy hamda yuqori unumli kombaynlar hisoblanadi. Shu bilan birga mavsum mobaynida otryadlarga 1710 ta texnika vositalari, 1740 ta don tashiydigan yuk avtomobillari, 165 ta ko‘chma ustaxonalar hamda 115 ta yoqilg‘i tashish vositalari biriktirildi.

Viloyat hokimligi tomonidan har bir otryad rahbari va otryad rahbari o‘rinbosari 1,5 million so‘m, kombayn haydovchilari 1 million so‘mdan naqd pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi. Mavsumni betalofot o‘tkazish uchun “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, oziq-ovqat, yoqilg‘i-moylash mahsulotlari ta’minoti, texnika, yong‘in xavfsizligi hamda har qanday ko‘rinishdagi qonunga xilof xatti-harakatlarning oldini olishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar rejasi belgilandi.

Ayni kunlarda barcha hududlarda viloyat hokimi, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda tegishli boshqarma va bo‘limlar rahbarlari ishtirokida g‘alla mavsumini betalofot o‘tkazishga bag‘ishlangan amaliy seminarlar bo‘lib o‘tmoqda.

 

Botir MADIYOROV.

Suratni Sherzod QORABOEV olgan.

Mavsumning eng mas’uliyatli pallasi

hosilning bir misqolini ham nest-nobud qilmay yig‘ishtirib olish muhim vazifa