Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 82 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“Obod qishloq” dasturi: Barxanlar bag‘ridagi bo‘stonlar

×

 2018-05-21 17:12:38    139

PDF yuklash
Chop etish


Markaziy Farg‘ona – viloyatimizning urib turgan yuragi. Bugun Yozyovon cho‘llarida chinakam ma’noda inson qo‘li bilan mo‘‘jizalar yaratilmoqda, gul unmoqda, hayot qaynamoqda.

Istiqlol yillarida Yozyovon barxanlar bag‘rida bitgan gulistonga aylandi. Va bu fidoyi elning mehnati mustaqillik yillarida chinakam qadr topdi.

Ayniqsa, muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan hayotga tabiq etilgan “Obod qishloq” Dasturi tufayli tumanda olib borilayotgan ezgu sa’y-harakatlar yanada qizg‘in tus oldi. Dastur doirasida joriy yilda Qatortol va Qoratepa qishloqlarida bunyodkorlik va obodlik yumushlari ado etiladi.

“Qatortol” mahalla fuqarolar yig‘inida hozirda 1885 nafar aholi 502 ta oilada istiqomat qiladi. Yig‘inga etib kelganimizda qizg‘in ish ustidan chiqdik. Mahalla binosining zamonaviy arxitektura talablari asosida qayta rekonstruksiya qilinayotgani, obodonlashtirish jarayoni tobora kengayib borayotgani, kommunal tizimda  bo‘layotgan sezilarli o‘zgarishlar diqqatimizni tortdi. Bu amaliy ishlar haqida bizga batafsil ma’lumot berar ekan, tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Akmaljon Rahmonov quyidagilarni qo‘shimcha qildi:

– “Qatortol” MFYning umumiy maydoni 13,1 ming kv. metrni tashkil etadi. Bu erda 22 ta kam ta’minlangan oilalar, 1 tadan maktab va maktabgacha ta’lim muassasasi bor. SHulardan kelib chiqib ehtiyojmand oilalarga 600 dona shifer materiallari xonadon tomini yangilash uchun etkazib berildi. Hududda jiddiy muammolardan biri yo‘l masalasi edi. Bu borada imkoniyatlar ishga solinib, mavjud 1,4 kilometrlik ichki avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash uchun 102 million so‘m ajratildi. Har ikki ta’lim maskanlarini joriy ta’mirlash uchun 100 million so‘mdan mablag‘ yo‘naltirilmoqda.

Darhaqiqat, mahallada mehnat qilayotgan yo‘lsozlar ishidan aholi juda minnatdor. Elektr energiyasi tizimini tubdan yaxshilash borasida ham ana shunday natijalarga guvoh bo‘ldik. Masalan, hududdagi 7 ta transformator va 1,5 kilometr uzatish tarmoqlari ta’mirlandi. Bu ishlar uchun 129 million so‘m sarflanayotganligini ta’kidlash joiz.

Aholining o‘rinli e’tirozlaridan yana biri ichimlik suvi masalasi edi. Qatortolliklar uchun endi bu muammolar ijobiy echim topayotir. Chunki qisqa fursatda 2,7 kilometr toza ichimlik suvi tarmog‘i qurilmoqda, 3 ta suv minorasi ta’mirlanyapti. Shu va boshqa ishlarga 524 million so‘m sarmoya ajratilgan. Tabiiy gaz tarmog‘ida ham bir qator samarali natijalarni kuzatish mumkin. Jumladan, 6,3 kilometr gaz tarmog‘i demontaj qilindi. Shuningdek, 152 dona suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

Albatta, qatortolliklarga bir chetda turib tomosha qilish kayfiyati begona. Shu sababli ham tadbirkorlardan tortib yoshlargacha tashabbus ko‘rsatmoqda. Ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish kabi ishlar xalqimizning ezgu an’anasi – hashar asosida tashkil etilyapti.

“Qoratepa” mahalla fuqarolar yig‘inidagi obodlik tashabbuslari ham Qatortoldan sira qolishmaydi. Avvalo, 100 million so‘m mablag‘ sarflangan, ko‘rkam va yangi qiyofaga ega bo‘lgan yig‘in binosi hademay foydalanishga topshiriladi. Mahalla binosi oldida ishbilarmon tadbirkorlar tomonidan tashkil etilgan savdo majmualari soni tobora ortayotgani ham e’tirofga loyiq. O‘z qishlog‘ini obod qilishga astoydil bel bog‘lagan hudud aholisi har bir ezgu yumushga “labbay”, deb javob bermoqda.

Oqshomlarning fayzi albatta, ko‘chalarning nurafshonligi bilan bog‘liq. Mazkur hududda Dastur asosida 2,9 million so‘mlik 200 dona diod lampalari o‘rnatilishi rejalashtirilgan. 13 kilometrlik gulzorlar esa erta-indin ko‘zlarni quvnatadi.

Qoratepada ham kommunal sohadagi o‘zgarishlarni qayd etishga chog‘landik. Xususan, 452 million so‘m evaziga elektr tarmog‘idagi masalalar hal etiladi. Ichimlik suvi ta’minoti  va kanalizatsiya tozalash inshootlari uchun esa 483,5 million so‘m mablag‘ ajratildi. Bu erda ham 6,3 kilometr tabiiy gaz tarmog‘i demontaj qilinib, 152 dona suyultirilgan gaz ballonlari etkazib beriladi.

Ichki avtomobil yo‘llarining 3,2 kilometri joriy ta’mirlanyapti. Bunga esa 178 million so‘m sarflanadi. Bu kabi chora-tadbirlar tufayli 3806 nafar aholi istiqomat qilayotgan qishloq ahlining ertangi kunga bo‘lgan ishonchi yanada yuksalmoqda.

Yozyovonda “Obod qishloq” Dasturiga hamohang tarzda xayrli ishlar boshqa hududlarda ham keng quloch yozmoqda. Birgina tumanning “Yangi massiv” ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarni butunlay yangi ko‘rinishga ega bo‘lgani bu yerda istiqomat qiluvchi yozyovonliklarning ko‘nglini ko‘tarmoqda. Ushbu dahadagi 19 ta uyning tom qismi to‘liq ta’mirlandi. Ko‘p qavatli xonadonlarning ichki va tashqi yo‘llari asfaltlashtirildi. Bolalar maydonchasi, kichik sport o‘yingohlari, xonadon bekalari uchun tandirxonalar, dam olish ayvonchalari tobora obod bo‘layotgan hududga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishlab turibdi. Katta miqyosdagi obodlik va qurilish ishlari uchun davlat hisobidan 1 milliard 100 million so‘m mablag‘ sarf etildi.

Yuqoridagi ishlarning barchasi yozyovonliklar uchun munosib turmush sharoitini yaratishga qaratilgandir. Hali tumanda boshqa qishloqlar ham Qatortol va Qoratepa kabi obodlik sari yuz tutadi. Prezident e’tibori, davlat mablag‘i, tashabbuskor va fidoyi insonlarning harakati va albatta, yozyovonliklarning mehnatsevarligi, yaratuvchanligi bilan bir vaqtlar barxanlar bag‘rida ko‘z ochgan bo‘ston yanada guliston bo‘ladi.

Sohiba ABDURAHMONOVA,

Madaminjon SOLIJONOV.