Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 65 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


So‘xda sel oqibatlarini barataraf etish ishlari davom etmoqda

 2018-05-23 15:13:28    78

PDF yuklash
Chop etish


Yomg‘ir yog‘sa ekin-tikin mo‘l bo‘ladi deb hamma quvonadi. Ammo yog‘ingarchilik haddan ortib jala quysayu, bu insonga talafot yetkazadigan bo‘lsa, bundan yomoni yo‘q. Xalqimiz bejiz “o‘t balosidan, suv balosidan saqla” deb duo qilmaydi. Joriy yilning 18 may kuni viloyatimizning tog‘li So‘x tumaniga qarashli Tul, Qal’acha, G‘aznov MFYlari hududida qattiq jala yomg‘iri yog‘ishi natijasida sel oqimlari yuzaga keldi. So‘xdagi va respublikamizning boshqa hududlarida ro`y bergan suv toshqinlari haqida ijtimoiy tarmoqlarda ham ma’lumotlar paydo bo‘ldi.  

Sel oqibatida G‘aznov qishlog‘i aholisidan 50 dan ortiq xonadon va 184 ta tomorqaga zarar etgan va yuqoridagi qishloqlar joylashgan hududda 4H-872 avtomobil yo‘li 280 m/kub shag‘al va loyqa bilan qoplangan. SHuningdek, Selfurda ko‘chasining 1 km qismiga 20 sm qalinlikda, Toshmozor ko‘chasining 150 metr qismiga 10 sm qalinlikda shag‘al tushib qolgan. Aholining rizqi bo‘lgan g‘alla, piyoz va boshqa poliz, qishloq xo‘jalik ekinlari ekilgan jami 14 gektar maydonga jiddiy zarar etgan.

So‘x tumanidagi ushbu sel oqibatlarini bartaraf etish uchun zudlik bilan viloyat hokimi, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, bojxona boshqarmasi boshlig‘i, sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i, “Avtoyo‘l” boshqarmasi boshlig‘i rahbarligida 5 ta tezkor ishchi guruh tuzilib, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. 19 may kuni sel tufayli jabr ko‘rgan so‘xliklar xonadonlari uchun 250 qop un, 2500 litr o‘simlik moyi, 250 million so‘m pul mablag‘i, shuningdek, dori-darmon vositalari, idishlar jamlanmalari, ko‘rpa-to‘shak kabi buyumlar ajratilib,  belgilangan tartibda tarqatildi, birinchi navbatda, qishloqlar aholisiga birlamchi tibbiy yordamlar ko‘rsatildi. Tumanda tezkorlik bilan hasharchilar otryadlari tashkillanib, 1500 nafardan ortiq ko‘ngillilar tomonidan shag‘al va loyqalarni tozalash ishlari yo‘lga qo‘yildi, 50 dan ortiq texnika vositalari jalb qilinib, uzluksiz ish tashkil qilindi.  Hozirda ishchi guruh a’zolari har bir xonadonga birma-bir kirib, sel oqibatlarini to‘liq bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib bormoqda.

Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan So‘x tumani hokimligidan 22 may kunigacha bajarilgan ishlar bo‘yicha olingan ma’lumotga ko‘ra, “Sulton-Mahmud ziyoratgohi”, mahalla qabristoni, Toshmozor, G‘aznaviy, Seldaha ko‘chalarida yashovchi  fuqarolar xonadonlarida tozalash ishlari olib borilgan. Tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan 123 ta xonadonga kirilib, 685 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan hamda 21 ta bemor aniqlanib, tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Tuman DSENM tomonidan G‘aznov MFY hududidagi Toshmozor ko‘chasidagi ayrim xonadonlar va 21-umumta’lim maktabida dezinfeksiya ishlari olib borildi. Maktabning 20 metr devori qayta qurilib, 100 metr yo‘lak va 200 metr erto‘lalar tozalandi. 19-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida ham ishchilar tomonidan loyqalardan tozalash ishlari olib borildi. “Suvoqova” DUK tuman filiali xodimlari ushbu mahalladagi yaroqsiz 4 ta suv quvurini tozalab, ta’mirlab, aholini ichimlik suvi bilan ta’minladilar. Tuman irrigatsiya bo‘limi ishchilari tomonidan esa G‘aznobga Qal’acha sel yo‘li ustidan o‘tkazilgan ariq qirg‘og‘ida mustahkamlash ishlari olib borildi.

G‘aznov, Tul avtomobil yo‘lida 4 km oraliqda tozalash, ta’mirlash ishlari olib borilib, 30 metr ariq kovlandi, mahalla qabristoni supurib-sidirildi. Oqibatda G‘aznovda 80 metr ariq, 120 metr ko‘cha loydan tozalandi. G‘aznovda sel tufayli shikast etgan elektr liniyasini tiklash uchun beton va yog‘och tayanchlar o‘rnatilib, 400 metr 0,4 kvtli elektr havo liniyasi boshqatdan tortildi, aholi elektr energiyasi bilan ta’minlandi. So‘xgaz korxonasi tomonidan aholi xonadonlariga 70 dona suyultirilgan gaz balloni etkazib berildi. G‘aznaviy ko‘chasida 23 ta xonadon ko‘cha devorlari ta’mirlab berildi.

Bu ishlarda imom-xatiblar, nuroniylar va mahalla faollari ishlarga bosh-qosh bo‘ldilar. Ular rahbarligida G‘aznovda qo‘l kuchi bilan 430 metr ko‘cha bo‘yidagi ariqlar tozalandi. Hozirgi kunda sel oqibatlarini tugatish, aholi xavfsizligini ta’minlash ishlari davom etmoqda.

Gulbahor Saidg‘anieva