Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 107 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“Umid nihollari –2018”. Yoshlik, barkamollik va sport bayrami

×

 2018-05-23 16:05:40    119

PDF yuklash
Chop etish


 “Umid nihollari” bellashuvlari mana bir necha yildirki, maktab o‘quvchilarining sevimli musobaqasiga aylanib qoldi.

Sport o‘yinlarida ishtirok etayotgan har bir o‘g‘il-qiz bolalikdanoq salomatligini tiklash barobarida, o‘z ustida ko‘proq ishlashga, yuqori marralarni zabt etishga intiladi. E’tiborlisi shundaki, yurtimizda kichik Olimpiada deya nom olgan ushbu musobaqa yangidan-yangi iqtidorli sportchilarni kashf qilayotir. Bu esa o‘z navbatida ular orasidan mamlakat shon-shuhratini ko‘klarga ko‘taradigan farzandlarni kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etyapti.

“Umid nihollari” sport o‘yinlarini yuqori saviyada, bayramona tarzda o‘tkazish uchun har gal mamlakatimizda katta tayyorgarlik ishlari olib boriladi. Viloyatimiz miqyosida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalar oldingilardan ommaviyligi bilan ajralib turdi. Unda o‘n bir yillik ta’lim tizimi joriy etilishi natijasida yuqori sinf o‘quvchilari ham ishtirok etdi. Shuningdek, bu galgi dasturga milliy kurash, turon yakka kurashi, belbog‘li kurash, o‘zbek jang san’ati turlari ham kiritildi. Joriy yilgi Umid nihollari” sport o‘yinlarida farg‘onalik yoshlar faol qatnashdi.

Musobaqaning dastlabki bosqichida 420 mingdan ziyod o‘g‘il-qizlar o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rdilar va ularning 9400 nafari viloyat bosqichiga yo‘l oldi.  Sportning 21 turi bo‘yicha tashkil etilgan yakunlovchi bahslarda esa 746 nafar yoshlarga kuchlilar qatorida bo‘lish nasib etdi.

 “Umid nihollari – 2018” sport o‘yinlarining viloyat bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi Farg‘ona shahridagi muhtasham “”Istiqlol” stadionida tantanali tarzda tashkil etildi.

Unda so‘z olgan viloyat hokimi Shuhrat G‘aniev yurtimizda joriy qilingan uch bosqichli sport o‘yinlari yoshlarning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarib, ular orasida sog‘lom turmush tarzini yaratishga, sportning ommaviyligini oshirishga, eng asosiysi kelajagimiz bunyodkorlarini vatanparvarlik ruhida kamolga etkazishga xizmat qilayotganligini ta’kidladi.

– G‘alaba va muvaffaqiyatlar barcha sportchi o‘g‘il-qizlarimizga muborak bo‘lsin! –dedi viloyat rahbari o‘z so‘zida. – Ularga jahon maydonlarida mamlakatimiz bayrog‘ini hamisha baland ko‘tarib yurishlarini tilayman. “Umid nihollari” sport musobaqalarida g‘oliblik sizlarning katta hayot ostonasiga yuksak shijoat, kuch-g‘ayrat bilan olib kiradi. Bunday xushnud kayfiyat, g‘alaba nashidasi sizlarni aslo tark etmasin!

Shundan so‘ng, musobaqa g‘oliblarining nomlari e’lon qilindi.   


“Umid nihollari – 2018” sport o‘yinlarining faxrli uchinchi o‘riniga Beshariq hamda O‘zbekiston tumanlari o‘quvchilari sazovor bo‘lishdi.

Kuchli uchlikning ikkinchi pog‘onasi esa Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlari vakillariga nasib qildi. Sovrindorlarga kompyuter jamlanmasi va qimmatbaho sovg‘alar berildi.

Musobaqada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan  Farg‘ona shahri jamoasiga Prezidentimiz sovg‘asi – “Damas” avtomabilining kaliti tantanali ravishda topshirildi.

– Ikki yildan beri sportning boks turi bilan astoydil shug‘ullanaman, –deydi yosh bokschi Shohjahon Erimatov. – Musobaqaning viloyat bosqichida qo‘qonlik bokschi bilan ringga tushdim va g‘alaba qozondim.  Farg‘ona shahri jamoasiga “Damas” avtomobili topshirilganligidan juda xursandmiz va Prezidentimizga imkoniyat va rag‘bat uchun katta rahmat aytamiz. Mana shu ishonchga loyiq bo‘lib, jahon maydonlarida O‘zbekiston va Farg‘ona nomini dunyoga tanitamiz, deb va’da beramiz.

–  Kelajakda voleybol bo‘yicha trener bo‘lmoqchiman, – deydi Farg‘ona shahridagi  8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Elvina Voronova. – 9 yildan buyon voleybol mening hayotimga aylanib ulgurdi. Bo‘lib o‘tgan sport o‘yinlari o‘zimga bo‘lgan ishonchni yanada orttirdi.

   Shu kuni san’at ustalari va badiiy jamoalar tomonidan  namoyish etilgan konsert dasturi barchaga ko‘tarinkilik ulashdi. Ayniqsa, 20 mingga yaqin tomoshabinni o‘z bag‘riga olgan “Istiqlol” stadionida “Shodiyona” doirachilar, “Navo” vokal cholg‘u ansambllari, “Samira”, “Novel”, “Mukarrama” raqs dastalari, Otabek Muhammazohid, Mansurxon Nurmatov, Nodir Xolboev, Qilichbek Madaliev, Muxarram Murodova, Shohida Zokirova va Izzat Qo‘qonovlarning chiqishlari qarsaklar bilan olqishlandi.

    Yoshlik, barkamollik va sport bayrami farg‘onalik o‘quvchilar qalbida uzoq vaqtgacha saqlanib qolajak. “Umid nihollari – 2018” sport o‘yinlari kelgusida ishtirokchi yoshlar orasidan jahon va Osiyo chempionlari hamda Olimpiada o‘yinlari g‘oliblari etishib chiqishiga zamin hozirlaydi.




Sohiba ABDURAHMONOVA.

Suratlarni Sherzod QORABOEV olgan.