Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 79 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


SHAVKAT MIRZIYOYEV: HAR BIR YOSH HAQIDA OTA-ONASI QANDAY QAYG’URSA, MEN HAM SHUNDAY QAYG’URAMAN

×

 2021-02-04 16:28:30    88

PDF yuklash
Chop etish



O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Farg’ona viloyatiga tashrifi ilk manzili – Oltiariq tumanidagi “Fayzli bog’lar sari” uzumchilik kooperatsiyasining 6 gektarlik tokzori o’rnida ilgari paxtadan 20, g’alladan 25 tsentner hosil olinar edi. O’tgan yili bu yerda bog’ yaratilib, “xusayni”, “kelin barmoq”, “rizamat” navli uzum ko’chatlari ekilgan. Qator oralarida pomidor, bodring, ko’katlar, qalampir va boshqa sabzavotlar yetishtirilmoqda. Tomchilatib sug’orish tizimi joriy qilingan.

Eng muhimi, bu maydon 51 nafar yoshga, jumladan, xorijdan qaytib kelgan mehnat muhojirlariga ajratib berilgan. Ular plyonka ostiga sabzavotlar ekib, to’rt martagacha hosil olishi mumkinligini aytishdi.

- Har bir yosh haqida ota-onasi qanday qayg’ursa, men ham shunday qayg’uraman, - dedi Shavkat Mirziyoyev ular bilan suhbatda. - Yoshlarni tezroq ish bilan ta'minlash uchun katta imkoniyatlarimizdan biri hozircha shu. Hayotda o’rnini topgan insonda o’ziga ishonch, intilish paydo bo’ladi. Bugun yoshlarga daromad manbai yaratib, ish o’rgatib, tetapoya qilsak, 2-3 yildan keyin hech kimga qaram bo’lmaydi - bankda hisob-raqami bo’ladi, uy oladi, yaxshi yashaydi, bolalarini yaxshi tarbiyalaydi.



Prezident yoshlarga o’qib-o’rganib, faoliyatini yaxshilash bo’yicha maslahatlar berdi.

- Hayot - kurash, raqobat. Bu kurashda kim kuchli bo’ladi? Aqlli, bilimli, mehnat qilgan. Bugun yoshlar davlatimizning e'tiborini his etishi, ko’p o’qib, kun sayin bilimini oshirib, rivojlanishda davom etishi kerak, - dedi davlatimiz rahbari.

Erlarni ajratib berish orqali Farg’ona viloyatida 200 ming nafar yoshning bandligini ta'minlash bo’yicha ko’rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube