Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 119 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADAGI SEMINARDA QONUNCHILIK HUJJATLARI IJROSINI TA'MINLASHDA RAHBARLARNING SHAXSIY JAVOBGARLIGINI KUCHAYTIRISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI

×

 2021-03-03 19:36:54    70

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyati hokimligida qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlarga qaratilgan o’quv-uslubiy seminar tashkil etildi. 

Videoaloqa yo’li bilan viloyatdagi shahar va tumanlar ham bog’langan anjumanda Vazirlar Mahkamasi hamda O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi mas'ul xodimlari, viloyat hokimligi vakillari, tashkilot va idoralar mutasaddilari qatnashdilar. 

Seminarni viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ochib berdi. Shundan so’ng so’z olganlar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari hamda topshiriqlarining Farg’ona viloyatidagi ijrosi holati va barcha darajadagi rahbarlar mas'uliyati, yurtimizda qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda joriy etilgan yangi tizimning o’ziga xos jihatlari, axborot-komunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanish tartiblari, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi faoliyati haqida to’xtalib o’tishdi. 

Tadbirda viloyat hokimligi mas'ullari ham taqdimot materiallari asosida mavzu yuzasidan chiqish qildilar. Shuningdek, viloyatimizdagi bir qator shahar-tumanlar hokimliklari Tashkiliy-nazorat guruhlari rahbarlarining reja-hisobotlari eshitildi.

Yakunda oldinda turgan vazifalar kelishib olindi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube