Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BIR GURUH FARG’ONALIK XOTIN-QIZLAR DAVLAT MUKOFOTLARI BILAN TAQDIRLANDILAR

×

 2021-03-04 21:22:06    55

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 mart kuni e'lon qilingan “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to’g’risida”gi farmoni bilan mamlakatimizda aziz va mo’'tabar ayol zotini ulug’lash, opa-singillarimizning davlat va jamiyat hayotida tutgan o’rni va nufuzini oshirish, o’zining ko’p yillik samarali mehnati, boy amaliy tajribasi bilan oilalarda ma'naviy-ahloqiy muhitni mustahkamlash, farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga katta hissa qo’shayotgan xotin-qizlarimizni munosib qadrlash maqsadida hamda yurtimizda olib borilayotgan tub islohotlarda faol qatnashib, yangi O’zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo’lida tashabbus va ibrat ko’rsatib kelayotgani uchun bir guruh ayollar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandilar.

Ular orasidan bir qator farg’onalik ayollar ham o’rin oldilar.

Mehnat faxriysi Karomat Obidjonova va Rishton tumanidagi «Zar kulol Rishton» oilaviy korxonasi rahbari Marxabo Polvonova «Mehnat shuhrati» ordeni bilan;

Farg’ona shahridagi «Bahodir Log’on Tekstil» qo’shma korxonasi tikuv bo’limi ustasi Nasiba Mirzasheva va O’zbekiston tumanidagi 65-ixtisoslashtirilgan umumiy o’rta ta'lim maktab-internatining informatika fani o’qituvchisi Odina Yuldasheva «Do’stlik» ordeni bilan;

Bag’dod tumani xalq ta'limi bo’limi mudiri To’lqinoy Tojiyeva II darajali «Sog’lom avlod uchun» ordeni bilan;

«Ziyo nashr» mas'uliyati cheklangan jamiyatining Farg’ona filiali ish boshqaruvchisi Shoiraxon Karimova «Kelajak bunyodkori» medali bilan;

 Marg’ilon shahar musiqali maqom teatri artist-sozandasi Shoiraxon Nazarova «Shuhrat» medali bilan taqdirlandilar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube