Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XAYRULLO BOZOROV FARG’ONA SHAHRIDA AHOLI YASHASH SHAROITLARI VA HUDUD INFRATUZILMASI BILAN BOG’LIQ MUAMMOLARNI O’RGANDI

×

 2021-03-05 12:49:41    83

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Farg’ona shahridagi Istiqlol, Ma'rifat, Jo’ydam va Lolazor mahallalarida bo’lib, aholi yashash sharoitlari va hudud infratuzilmasi bilan tanishdi, viloyat hokimligi maxsus ishchi guruhi tomonidan joylarda aniqlangan muammolar bo’yicha o’rganish olib bordi.

Abdulla Qodiriy ko’chasida joylashgan ko’p qavatli uy yerto’lasida quvurlar yorilib, zax yuqoriga chiqishga boshlagani, bino tomidan chakki o’tishi, shirkat faoliyatidan aholi norizo ekanligi aniqlanib, kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha mutasaddi tashkilotlar tomonidan ishga kirishilgandi. Viloyat rahbari fuqarolar bilan uchrashib, muammolarni bartaraf etish bo’yicha qilinayotgan ishlarni ko’zdan kechirdi. Hududdagi bolalar va sport maydonchasi qarovsiz va eskirgan ekaniga e'tibor qaratgan Xayrullo Bozorov, ularni ta'mirlash hamda atrofni aholi dam olishi uchun mos shaklda obodonlashtirish bo’yicha ko’rsatmalar berdi.

Quvasoy ko’chasi katta avtoyo’l bo’yida kanalitsiya suvlarining sizib chiqishi bilan bog’liq muammo ko’pdan beri hudud aholisi uchun noqulaylik tug’dirib kelgan. Viloyat hokimining topshirig’i bilan 500 metr kanalizatsiya quvuri olib kelinib, muammoni bartaraf etishga kirishildi.

Ma'rifat MFY hududidagi sobiq paxta zavodiga qarashli yotoqxonada yashovchilarning o’ta og’ir turmush sharoitlariga guvoh bo’lgan viloyat hokimi, yotoqxona o’rnida yangi uy-joy barpo etish hamda bu yerda yashovchilarga quriladigan binodan yangi xonadonlar taqdim etish bo’yicha ish tashkil qilish yuzasidan ko’rsatma berdi. 

Jo’ydam MFY hududida 2008 yilda fermer xo’jaligi yerlari hududiga 150 ga yaqin aholi turar-joylari o’zboshimchalik bilan qurilgan bo’lib, ularni egalik huquqini shakllantirish masalasi muammo bo’lib kelmoqda. 2019 yil 1 mayga qadar mamlakatimizda o’tkazilgan fuqarolarning o’zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joylariga nisbatan mulk huquqini e'tirof etish bo’yicha bir martalik umumdavlat aktsiyasi doirasida ham ushbu muammoni hal etish imkoni bo’lmagan. Viloyat rahbari masala yechimi bo’yicha tegishli respublika idoralari bilan hamkorlikda ish tashkil etilishini ma'lum qildi.

Xayrullo Bozorov shuningdek, Jo’ydam mahallasi hududida amalga oshirilishi ko’zda tutilgan tadbirkorlar loyihalari bilan ham tanishdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube