Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 61 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VA QIRG’IZISTONNING NORIN VILOYATLARI RAHBARLARI UCHRASHUVI: O’ZARO MANFAATLI IQTISODIY HAMKORLIKKA ANIQ QADAMLAR QO’YILADI

×

 2021-03-06 01:12:22    79

PDF yuklash
Chop etish


18 mart kuni Farg’ona viloyati hokimligining “Qabullar uyi”da viloyatimizga tashrif buyurgan Qirg’izistonning Norin viloyati delegatsiyasi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. 

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov va Norin viloyati gubernatori Sobirqul Ashimbayev boshchiligidagi ikki viloyat vakillari kengaytirilgan uchrashuvining kun tartibini belgilovchi asosiy omil Qirg’iziston prezidenti Sadir Japarovning 11−12 mart kunlari O’zbekistonga rasmiy tashrifi chog’ida ikki davlat rahbarlari tomonidan hududlararo hamkorlikni yana faollashtirish bo’yicha berilgan topshiriqlar hamda tashrif doirasida imzolangan Farg’ona va Norin viloyatlari o’rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo’yicha shartnoma asosida “yo’l xaritasi” ishlab chiqish masalasi bo’ldi.

Ikki viloyat rahbarlarining o’rinbosarlari, tuman va shaharlari hokimlari, iqtisodiy kompleks rahbarlari ham ishtirok etgan uchrashuvda logistika, qishloq xo’jaligi, sanoat, turizm, qurilish, savdo-sotiq sohalarida hamkorlik o’rnatish, o’zaro savdo aylanmasini sezilarli oshirish, shuningdek ijtimoiy sohada aloqalarni kengaytirish masalalari keng muhokama qilindi. 

“Bundan buyog’iga ikki viloyat o’rtasida hamkorlikni kengaytirishga amaliy qadamlarni bosishimiz kerak. Muhtaram Prezidentlarimiz bizning oldimizga hamma vazifalarni aniq qo’yib berishdi, bundan buyog’iga qo’shni viloyatlar amalda natija bilan o’z ishini ko’rsatishi lozimligini yakdillik bilan ifodalashdi. O’ylaymanki, bizning bugungi uchrashuvimizning ham albatta amaliy natijasi bo’ladi, tez kunlarda tadbirkorlarimizning o’zaro aloqalari mustahkamlanib, har ikki viloyatda ham qo’shma korxonalarni tashkil qilamiz, savdo-sotiq va eksport borasida ham hamkorlikni kuchaytiramiz” dedi viloyat hokimi Xayrullo Bozorov.

O’zbekiston va Qirg’iziston Prezidentlarining Toshkentda bo’lib o’tgan oliy darajadagi uchrashuvlarida bo’lgani kabi, ikki qardosh viloyat vakillarining muloqoti ham o’zbek va qirg’iz tillarida bo’lib o’tdi.

Samimiy o’tgan uchrashuv va muhokamalar natijasida ikki viloyatning tuman va shaharlari o’rtasida to’g’ridan to’g’ri hamkorlik qilish bo’yicha ham kelishib olindi. Bunda Marg’ilon va Norin shaharlari, Quvasoy shahri va Ak-talaa tumani, Farg’ona va Atbashi, Toshloq va Jumgal, Quva va Norin, Oltiariq va Qochkor tumanlari o’z iqtisodiy ixtisoslashuvidan kelib chiqib o’zaro amaliy hamkorlikni yo’lga qo’yishadi.

Uchrashuvdan so’ng viloyat hokimligi “Qabullar uyi” hududida qirg’iz o’tovi o’rnatildi. Bu jarayonda ikki viloyat rahbarlari ham ishtirok etdilar. O’tov o’rnatilgach, ikki viloyat vakillari ichkariga kirib, mamlakatlarimizda tinchlik va omonlik abadiy bo’lishini hamda viloyatlar o’rtasida mustahkam hamkorlik o’rnatilishini Yaratgandan so’rab duo qildilar.

Mehmonlar delegatsiyasi safida tashrif buyurgan taniqli san'atkor Askat Musabekov qirg’iz xalq qo’shiqlarini ijro etdi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube