Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BAG’DOD TUMANIDA YANGI 330 O’RINLI MAKTAB BINOSI HAMDA MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI 

×

 2021-03-22 21:25:47    97

PDF yuklash
Chop etish


Bag’dod tumanining chekka hududlaridan biri – Mehnatobod qishlog’ida yangi 330 o’rinli maktab binosi foydalanishga topshirildi. E'tiborlisi, ushbu maktab investitsion dasturlarsiz, qishloq aholisining hamjihatligi, tashabbuskorligi hamda sektor rahbarlarining qo’llab-quvvatlashi asosida, hashar yo’li bilan bunyod etildi.

Ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etib, aholining birdamligi, hamjihatligi asosida mana shunday ko’plab xayrli ishlarni amalga oshirish mumkinligiga e'tibor qaratdi. 

Smeta bahosi 4,5 mlrd. so’mga baholangan maktab mahalliy tadbirkorlar va fermerlar ko’magi bilan qurilishi boshlangan edi. Qurilish ishlari uchun mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan 750 mln. mln. so’m ajratildi.

Avvallari qishloq yoshlari shu hududdagi eski dala shiyponi o’rnida – moslashtirilgan binoda boshlang’ich ta'limni olishgach, yuqori sinflarda o’qish uchun har kuni 4-5 km piyoda yo’l bosib, qo’shni qishloqdagi maktabga qatnashgan. Bu esa ular va ota-onalar uchun noqulayliklar tug’dirar edi. Shuning uchun ham yangi binoning ish boshlashi qishloq axlini sevintirdi. 

Yangi maktab uchun viloyat hokimligi tomonidan kompyuter sinfi, 3 turdagi musiqa va 16 turdagi sport anjomlari sovg’a qilindi. Bundan tashqari viloyat byudjeti hisobidan sport zali ham qurib beriladigan bo’ldi.

Xayrullo Bozorov, ushbu qishloqda foydalanishga topshirilgan yangi maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilish tadbirida ham ishtirok etdi.

Avval boshlang’ich maktab sifatida foydalanilib kelingan bino qayta ta'mirlandi va bu yerda 56-DMMT faoliyati yo’lga qo’yildi. Ko’plab shart-sharoitlarga ega muassasada endi 100 nafar bolajonlar ta'lim va tarbiya oladi. 

Viloyat rahbari, Mehnatobod qishlog’ida yashovchi yoshlardan biri, 1-guruh nogironi Ro’zali Umrzoqov bilan ham uchrashdi. Jismoniy imkoniyati cheklanganiga qaramay bilim olishga ishtiyoqi kuchli bo’lgan 22 yoshli Ro’zaliga viloyat hokimining esdalik sovg’asi – kompyuter jamlanmasi topshirildi. Kelgusida bog’ yaratishi uchun unga 30 sotix yer ajratib beriladigan bo’ldi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube