Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 53 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XAYRULLO BOZOROV: FARG’ONA SHAHRI KO’CHALARI OBOD BO’LISHI SHART

×

 2021-03-22 21:30:34    67

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’ona shahri sektorlari rahbarlari bilan birgalikda shahardagi Sohibqiron Temur MFY hududida bo’lib, mahalla infratuzilmasi hamda obodonlashtirish ishlarining borishi bilan tanishdi. 

Mahalladagi bolalar maydonchasini zamonaviy ko’rinishga keltirish, har bir qarich yerdan unumli foydalanish zarurligini ta'kidlagan viloyat hokimi, shahar sektorlari rahbarlariga va MFY raisiga ko’p qavatli uylar atrofidagi bo’sh turgan joylarga turli xil sabzavotlar ekilishini tashkillash, yo’l yoqalariga esa manzarali daraxt ko’chatlari va gullarni o’tqazish bo’yicha ko’rsatmalar berdi. 

Keyingi manzil Farg’ona davlat universiteti yonidagi Murabbiylar ko’chasi bo’ldi. Bu yerda viloyat hokimi shahar IIB boshlig’i, 3-sektor rahbariga piyoda yo’laklarini ta'mirlash, obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish, yo’l yoqasidagi daraxtlarni ko’paytirish yuzasidan bir qator topshiriqlar berdi. 

-Har bir sektor rahbari har kuni o’z hududidagi mahallalarga kirishi, ko’chalarda piyoda yurishi kerak. O’rganishi, olib borilayotgan ishlarni nazorat qilishi zarur. Farg’ona shahri ko’chalari obod bo’lishi shart. Zotan, obodlik bor joyda qut-baraka bo’ladi, - dedi Xayrullo Bozorov.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube