Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TOSHLOQ TUMANIDA 2021 YIL HOSILI UCHUN CHIGIT EKISH ISHLARIGA PUXTA HOZIRLIK KO’RILDI

×

 2021-03-25 10:39:37    90

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Toshloq tumanida chigit ekish mavsumi oldidan qishloq xo’jaligi tizimidagi tashkilotlar rahbarlari, otryadlar boshliqlari hamda fermerlar ishtirokida chigit ekish ishlariga tayyorgarlik ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan o’tkazilgan ko’rgazmali seminarda ishtirok etdi. 

“Chigit ekish mavsumini ham uyushqoqlik bilan, sifatli o’tkazish kerak. Agrotexnik tadbirlar uchun texnikalar, yoqilg’i va dorilar yetarli. Faqat tartib-intizom bilan ishlash kerak.”, deya qayd etgan viloyat hokimi, hamma soha qatori qishloq xo’jaligida ham 2021 yil "Farg’ona yili" bo’lishi kerakligini ta'kidladi. 

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan paxta va g’allaga davlat buyurtmasidan voz kechib, mahsulot ishlab chiqarishda klaster tizimiga o’tilgani natijasida mahsulot hajmini keskin oshirish, yuqori qo’shilgan qiymat va yangi ish o’rinlari yaratish, eng asosiysi – daromad va manfaatdorlikni ko’paytirishga erishilmoqda.

Tadbir davomida sohada davlat va mahalliy hokimiyat organlari aralashuvi bo’lmasligi kerakligi, klasterlar o’z tarkibiga kirgan fermer xo’jaliklarining manfaatlarini ko’zlab ish olib borishi lozimligi, o’zi faoliyat yuritayotgan tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga hissa qo’shishi shartligi alohida ta'kidlandi. Klasterlar bu asosiy mezonlar asosida ish tashkil qilishi, chigit ekishdan paxtani parvarishlash va hosilini yig’ib-terib olishgacha bo’lgan jarayonlarda tashkiliy masalalarni to’liq nazoratga olishi kerakligi qayd etildi.

Bu yil Toshloq tumanida 10 ta otryad tashkil etilgan bo’lib, ular 5120 gektardan ziyod yerga chigit qadash ishlarini amalga oshiradilar. 3800 tonna urug’lik zaxirasi yaratib qo’yilgan. Jarayonlarda ishtirok etayotgan ishchilarga qulay shart-sharoitlar yaratilib, ular muntazam rag’batlantirib boriladi.

Shu kuni viloyat rahbari tumanda g’alla parvarishi, pillachilik tarmog’ini yanada rivojlantirish yuzasidan ham seminar ishtirokchilariga o’z ko’rsatmalarini berib o’tdi.

Yakunda bir guruh soha vakillariga mavsum oldidan sovg’alar topshirildi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube