Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


UCHKO’PRIKDA UY SHAROITIDA YENGIL SANOAT MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARAYOTGAN 535 TA OILA UCHUN UMUMIY ISHLAB CHIQARISH VA SAVDO KOMPLEKSI BARPO ETILADI

×

 2021-03-25 19:34:48    78

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Uchko’prik tumanida bo’lib, Boboshbek MFYda barpo etiladigan yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish kompleksidan o’rin olishi rejalashtirilayotgan oilaviy ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishdi.

 Uy sharoitida yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarayotgan 535 ta oilani birlashtiradigan ushbu umumiy ishlab chiqarish va savdo kompleksi 13,6 gektar yer maydonida qad rostlaydi.

Uchko’prik tumanidagi Boboshbek, Bekmurod, Zig’ir, Paloxon va Yakkamulla mahalla fuqorolari yig’inlarida olib borilgan o’rganishlar natijasida Boboshbek MFYda 252 ta, Bekmurod MFYda 57 ta, Zig’ir MFYda 114 ta, Paloxon MFYda 52 ta, Yakkamulla MFYda 60 ta xonadonda fuqarolar tomonidan yengil sanoat mahsulotlari (tikuvchilik va trikotaj) ishlab chiqarilayotganligi aniqlandi. Mazkur tadbirkorlik sub'ektlarida 3287 ta aholi vakillari mehnat qilmoqda.

O’rganish jarayonida 509 ta tadbirkorning 5,55 gektar savdo maydoniga, 280 ta tadbirkorning ishlab chiqarish uchun 8,05 gektar yer maydoniga talabi borligi ma'lum bo’ldi. Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan dastlabki taklifga ko’ra, jami 13,6 gektar yer maydoni ajratilsa, qo’shimcha 7580 ta ish o’rinlari yaratiladi.

Viloyat hokimi ishtirokida o’tkazilgan uchrashuvda tadbirkor oilalar o’z loyihalarini taqdim etish bilan birga, ishlab chiqarayotgan mahsulotlarini ham namoyish etdilar.

Xayrullo Bozorov Uchko’prik tumanidagi “Uchko'prik Duxoba-Dacron” korxonasi tomonidan paxta chiqindisini qayta ishlash orqali tsellyuloza qog’ozi ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasining borishi bilan ham tanishdi.

Umumiy loyiha qiymati 50 milliard so’m bo’lgan korxona tadbirkorning 23 mlrd. 700 mln.so’m o’z mablag’lari hamda Asaka bank Qo’qon filialining 2,6 mln. dollar qiymatidagi bank krediti hisobiga barpo etilmoqda.

Yillik ishlab chiqarish quvvati 10 ming 200 tonna bo’lgan korxonada bir yilda 55 mlrd. so’mlik mahsulot ishlab chiqarish ko’zda tutilgan. May oyida ishga tushirish rejalashtirilayotgan korxonada 500 ta yangi ish o’rinlari yaratiladi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube