Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


SIRDARYOLIK HOKIMLAR “BAG’DOD TAJRIBASI”NI O’RGANISHDI

×

 2021-03-26 18:10:44    66

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 24 mart kuni o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida Bag’dod tumanida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli bunyodkorlik ishlari namuna sifatida ko’rsatilgan va barcha shahar-tuman hokimlariga “Bag’dod tajribasi”ni o’rganish tavsiya qilingan edi. Shunga ko’ra, bugun Sirdaryo viloyati shahar-tumanlari hokimlaridan iborat delegatsiya Bag’dod tumaniga keldi.

Dastlab mehmonlar “Muruvvat” mahalla fuqarolar yig’inidagi 1000 ta xonadondan iborat 50 ta ko’p qavatli uylar qurilishi bilan tanishishdi. Ularga bu yerda qad rostlayotgan ijtimoiy soha ob'ektlari, kommunikatsiya tarmoqlari, aholini ish bilan ta'minlash bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

“Yangi ko’p qavatli uylarga ko’chib kelgan aholining doimiy daromadini ta'minlash maqsadida shaharchaning yondosh hududida jami 100 gektar maydonda 1000 ta issiqxonalar barpo etilmoqda. Har biri 10 sotixdan iborat bo’lgan issiqxonalar aholiga 7 yilga, 3 yillik imtiyozli davr bilan kredit asosida beriladi.

 E'tiborli jihati shundaki, limonchilikka ixtisoslashgan kooperatsiya tomonidan issiqxonalarda tomchilatib sug’orish tizimi o’rnatilib, limon ko’chatlari markazlashgan holatda ekib berilmoqda”, - deyishdi tuman rahbarlari.

Sirdaryoliklar shaharchadan atigi 400 metr masofadagi “Muruvvat” yoshlar kichik sanoat zonasini ham ko’rdilar. 14,3 gektar maydonda 57 ta lot bo’lib, shu kunga qadar umumiy qiymati 40,7 mlrd. so’mlik 23 ta loyiha joylashtirildi va ularda qurilish ishlari olib borilmoqda. 850 ta yangi ish o’rinlarini yaratish reja qilingan.

Sirdaryolik hokimlar Bag’dod tumanida yirik loyiha – “G’ofurjon dehqon” MChJga qarashli zamonaviy chorva kompleksi faoliyati bilan ham tanishishdi. Tashkil etilganiga 1,5 yil bo’lgan mazkur xo’jalikda hozirda Avstriya davlatidan keltirilgan 712 bosh naslli qoramollar parvarish qilinmoqda. 

Loyihaning ikkinchi bosqichida – joriy yil oxiriga kelib, qoramollar sonini 1 ming 500 taga yetkazish, go’sht va sutni qayta ishlash liniyalarini ishga tushirish belgilangan.

Tadbirkorlar bilan o’tgan samimiy muloqotlar, tumandagi o’zgarishlar va yangilanishlar sirdaryoliklar tomonidan yuqori baholandi va kunning ikkinchi qismida ularning tashrifi yakuniga yetdi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube