Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QIRGULI OBOD BO’LADI, MUAMMOLAR YECHIMINI TOPADI

×

 2021-03-28 11:08:42    86

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahri mahallalari bo’ylab doimiy o’rganishlar olib borayotgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Qirguli mavzesida bo’lib, hududni rivojlantirish hamda obodonlashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko’zdan kechirdi.

Qirguli mavzesi Mehribonlik MFYdagi Shifokorlar ko’chasida olib borilgan o’rganishlarda obodonchilik ishlari qoniqarsiz ekanligi ko’zga tashlandi. Viloyat hokimi holatni o’nglash, manzarali daraxt va gullar ekish, ko’p qavatli uylar oldiga o’rindiqlar o’rnatish, bolalar maydonchalarini qurish, yerdan samarali foydalanish bo’yicha viloyat va shahar mutasaddilariga ko’rsatmalar berdi. Shahar prokurori bir oylik muddatda hududni namunaviy holatga keltirish, obod qilish bo’yicha topshiriq oldi. Aholi muammolari eshitilib, ularga yechim belgilandi. Bo’sh turgan binolardan tadbirkorlarni jalb etgan holda samarali foydalanish yo’llarini izlash bo’yicha topshiriq berildi.

Viloyat rahbari Huvaydo MFY Nafosat ko’chasida yashovchi aholi bilan ham muloqot qildi. Mahallada yashovchilar bu yerda issiqlik ta'minoti tizimi yo’qligini, shuningdek, xonadonlarni rasmiylashtirishda muammolarga duch kelayotganliklarini aytishdi. Holat tegishli idoralar tomonidan o’rganilib, masalalar qonun doirasida hal etilishi belgilandi.

Xayrullo Bozorov, Qirguli hududida 22 mlrd. so’mdan ziyod mablag’ evaziga qayta qurish ishlari olib borilayotgan Tibbiyot birlashmasiga tegishli tug’ruq kompleksini ham borib ko’rdi. Tibbiyot muassasasi va qurilish tashkilotlari rahbarlari bilan suhbatlashgan viloyat hokimi ishlarni o’z vaqtida va sifatli bajarish bo’yicha ko’rsatmalar berdi.

E'tiborlisi, o’rganishlar davomida viloyat rahbari qay bir hududga bormasin, u yerdagi obodonchilik ishlariga alohida e'tibor qaratdi. 

“Daraxtlarni, gullarni ko’paytirish kerak, xiyobonlar tashkil etish kerak, aholi dam olishi uchun imkoniyat yaratishimiz kerak. Ko’p qavatli uylar orasidagi bo’sh yerlarga ham turli sabzavotlar ekib, mevali ko’chatlar o’tkazib, daromad olishni o’rgatishimiz, mahallalarda yurib, raislar faoliyatini nazorat qilib, ularga ko’mak berishimiz zarur”,- dedi shahar sektorlari rahbarlariga Xayrullo Bozorov.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube