Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 44 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


SEKTORLAR KESIMIDA “MAHALLABAY” ISHLASH TIZIMI ASOSIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLARNI O’RGANISH NATIJALARI MUHOKAMA QILINDI

×

 2021-05-01 17:15:08    172

PDF yuklash
Chop etish


1 may kuni Farg’ona viloyati hokimligi katta majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva ishtirokida videokonferentsaloqa tarzida kengaytirilgan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Unda Farg’ona viloyatidan saylangan Oliy Majlis Senati a'zolari, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat hokimining o’rinbosarlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Ma'lumki, shu yilning 12-17 aprel kunlari Oliy Majlis Senati ishchi guruhi Farg’ona viloyatida “mahallabay” tizimida asosida “temir daftar”, “ayollar daftari”, “yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalar bilan ishlash, bandligini ta'minlash, yashash, uy-joy sharoitlarini yaxshilash bo’yicha sektorlar kesimida amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlarni o’rgangan edi.

- Ishchi guruh xulosalarini joyida o’rganish maqsadida uch kun mobaynida Qo’shtepa, Toshloq, Oltiariq tumanlari va Quvasoy shahrida bo’ldim, - dedi Tanzila Norboyeva. – Uchta daftar ro’yxatiga kiritilganlar bilan ishlash borasida Farg’onada o’ziga xos tizim yaratilgan, lekin ba'zi sektorlar rahbarlari, deputatlarda faollik yetishmayapti.

Yig’ilishda tosh-shag’al yerlarda issiqxonalar tashkil etishda Oltiariq tajribasi, mahallada kichik sanoat korxonalari faoliyatini yo’lga qo’yishda Toshloq tumani yutuqlari, viloyatda 13 ta hududda Hunarmandlar markazlari barpo etish, kichik va yoshlar sanoat zonalariga katta e'tibor qaratilayotgani alohida e'tirof etildi. Ammo viloyatning ba'zi tumanlarida kam ta'minlangan qatlamni uy-joy bilan ta'minlash, ijtimoiy uylar tashkil etish, tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish o’rinlari yaratish masalalarida kamchiliklar ham borligi ko’rsatib o’tildi.

Yig’ilishda Buvayda, Qo’shtepa, Uchko’prik, Farg’ona, Toshloq, Beshariq, O’zbekiston, Rishton singari bir qator tumanlarda sektor rahbarlari faoliyatini yanada kuchaytirish bo’yicha tavsiyalar berildi.

Shahar-tuman studiyalaridan qatnashgan sektorlar rahbarlari bilan onlayn muloqotlar o’tkazilib, bundan buyon aniq maqsad va reja asosida ish tashkil etish bo’yicha kelishib olindi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube