Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 168 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA “SO’NGGI QO’NG’IROQ” TADBIRLARI KO’TARINKI KAYFIYATDA TASHKIL ETILDI

×

 2021-05-27 09:58:52    66

PDF yuklash
Chop etish


Bu yil Farg’onada viloyatidagi 948 ta umumta'lim maktablarida jami 47514 nafar 11-sinf, 55093 nafar 9-sinf o’quvchilari o’quv yilini yakuniga yetkazmoqdalar. 36965 nafar o’g’il-qizlar oliy ta'lim muassasalariga, 5140 nafar yoshlar texnikumlarga hujjat topshirib, ta'lim olishni davom ettirish istagini bildirganlar. 

Bitiruvchilarga muvaffaqiyat tilash maqsadida barcha hududlarda maktab hayotida muhim o’rin tutgan “So’nggi qo’ng’iroq” tadbirlari tantanali tarzda tashkil etildi. Farg’ona shahridagi 10-umumta'lim maktabida o’tgan ana shunday tantanalarda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi. 

Viloyat rahbari dastlab Prezidentimizning mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi o’g’il-qizlarga yo’llagan tabrigini o’qib eshittirdi. Yoshlarni mustaqil hayotda o’z o’rinlarini topishlari, davlatga, jamiyatga nafi tegadigan mutaxassislar bo’lib yetishishlariga umid bildirdi.

“Dunyo o’zgaryapti, talab o’zgaryapti. Kattadan katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Xalqimizni rozi qilish, fuqarolarimizning farovon yashashlariga hissa qo’shish eng muhim masalaga aylandi. Bu borada eng katta e'tibor ta'limga qaratilmoqda. Chunki, davlatning rivojlanishida ta'lim-tarbiya muhim ahamiyat kasb etadi. 

Ko’rib turibmiz, yoshlarning qalbida judda katta his-tuyg’ular, orzular jo’sh urib turibdi. Barchangizga oliy o’quv yurtlari imtihonlarida, kasb-hunar o’rganishingizda omad tilaymiz,” dedi Xayrullo Bozorov.

Shundan so’ng maktabning iqtidorli o’quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar ishtirokchilar e'tiboriga havola etildi. “So’nggi qo’ng’iroq” sadolari esa tantanalarga yakun yasadi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube