Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 75 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MARG’ILON SHAHRIDA JURNALIST VA BLOGERLAR UCHUN PRESS-TUR VA MATBUOT ANJUMANI O’TKAZILDI

×

 2021-06-18 14:55:12    81

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatdagi ommaviy axborot vositalari xodimlari, hokimlik boshqarmalarining axborot xizmatlari rahbarlari hamda blogerlar dastavval shahardagi “Yoshlar” kichik sanoat zonasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar.

“Navro’z” mahalla fuqarolar yig’ini aylanma yo’l mavzesida joylashgan ushbu sanoat zonasida import o’rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqaruvchi jami 22 ta lot mavjud bo’lib, umumiy qiymati 67,9 mlrd. so’mlik 1000 dan ortiq yangi ish o’rinlari yaratilishi ko’zda tutilgan loyihalar joylashtirilgan.

Shahar hokimi OAV vakillari bilan suhbat davomida ushbu loyihalarga hozirgi vaqtda 4 gektar yer maydoni ajratilib, 22 ta lotlarning barchasida qurilish ishlari jadal olib borilayotganligini ta'kidlab o’tdi. Bugungi kunga qadar bunyodkorlik ishlariga jami 12,5 mlrd.so’m mablag’ sarf etildi.

“Yoshlar” kichik sanoat zonasiga uyushtirilgan Press-turdan so’ng jurnalistlar Raqamli texnologiyalar markazida, shaharda “Ayollar daftari” bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tashkil etilgan matbuot anjumanida hokim bilan yuzma-yuz muloqot olib bordilar. 

1-sektor rahbari shahar hududida “Ayollar daftari”ga kiritilgan 9 toifa yo’nalishlar bo’yicha jami 2539 nafar ayollarning muammolari to’liq hal etilganligini mamnuniyat bilan qayd etib o’tdi. 

Matbuot anjumani davomida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o’zlarini qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar oldilar.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube