Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 73 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XALQLAR DO’STLIGIGA BURKANGAN FARG’ONA

×

 2021-07-31 09:45:34    69

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda joriy qilingan “Xalqlar do’stligi kuni” ko’p millatli jonajon O’zbekistonimizda, Farg’onamizda keng qamrovda, yuksak saviyada, ko’tarinki ruhda ilk bor nishonlanmoqda.

Respublikamizda ilk bor bayram qilinayotgan ushbu sana munosabati bilan davlatimiz rahbari farmoniga asosan bir guruh hamyurtlarimiz Vatanimizning yuksak mukofotlari – orden va medallari,nishonlar bilan taqdirlandi.

Poytaxtimizda bayram munosabati bilan tashkil etilgan tadbirni onlayn tarzda Farg’ona viloyati milliy madaniy markazlarning vakillari, viloyatimizda millatlararo do’stlikni mustahkamlashga munosib hissa qo’shayotgan hamyurtlarimiz ham viloyat hokimligi studiyasidan kuzatib bordilar.

Prezidentimizning Xalqlar do’stligi kuni munosabati bilan bayram tabrigini O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva o’qib eshittirdi.

Prezident farmoni bilan Farg’ona viloyati rus milliy madaniy markazi raisi Akopdjanova Galina Alekseevna «Mehnat shuhrati» ordeni bilan, So’x tumanidagi «Sarikanda» mahalla fuqarolar yig’ini raisi Safoyev Baxodir Akparaliyevich «Shuhrat» medali bilan mukofotlandilar.

Viloyat hokimligida o’tkazilgan tadbirda viloyatimizda faoliyat ko’rsatayotgan tatar, rus, koreys, qirg’iz, tojik, turk, yahudiy madaniy markazlari, O’zbekiston nemislarining “Vidergeburt” madaniy markazi rahbarlari va faollari alohida e'tirof etildi.

Viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Avazbek O’rinboyev va viloyat hokimining o’rinbosari Jamshid Xatamovlar milliy madaniy markazlar faoliyati, ularga yaratib berilayotgan qulayliklar haqida gapirib, viloyatimizdagi turli millatlar va diniy konfessiyalar vakillari o’rtasida hamkorlik va do’stlik aloqalari yanada mustahkamlanib borayotganligini aytib o’tishdi.

Bayram munosabati bilan viloyatdagi milliy madaniy markaz rahbarlariga viloyat hokimining faxriy yorliqlari va esdalik sovg’alari topshirildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube