Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 66 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BOSH VAZIR QABULXONASI TADBIRKORLARGA KO’MAK BERMOQDA

×

 2021-08-10 17:00:05    111

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimizning tadbirkorlarni har jihatdan qo’llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslaridan kelib chiqqan holda Bosh vazirning Farg’ona viloyatidagi tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonasi tomonidan tizimli ishlar amaga oshirilmoqda. Xususan, o’tgan 6 oy davomida Farg’ona viloyatidagi bosh vazir qabulxonlariga 3 mingga yaqin tadbirkorlardan murojaatlar kelib tushdi. Ularning barchasi tegishli tartibda vakolatli boshqarma va tashkilotlar tomonidan ko’rib chiqilishi ta'minlandi va umumiy hisobda murojaatlarning 64 foizi o’zining ijobiy yechimini topdi.

 - Har bir murojaat 7 kunlik muddatda ko’rib chiqilishi belgilangan. Biroq, ayrim mas'ul xodimlar tomonidan 6 oy davomida 40 taga yaqin holatda muddat buzilishlariga yo’l qo’yildi. Biz ularga nisbatan tegishli ta'sir choralarini ko’rdik, -deydi Bosh vazirning Farg’ona viloyatidagi tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonasi mudiri Ibrohimjon Turg’unov.

Albatta, bir tadbirkor muammosining ijobiy hal etilishi, bu 10 ga yaqin ishsiz fuqarolar uchun yangi ish o’rinlari kafolati bo’ladi. Shu manoda yozyovonlik Nuriddin Rahmatov ham dastavval ish boshlaganida biroz muammolarga duch kelgan edi. Kredit olishdagi muammolar bosh vazirning viloyatdagi tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonasi tomonidan ijobiy hal etilganidan so’ng turli hajmdagi sim to’rlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’ydi. 12 nafar fuqarolar ish bilan ta'minlandi. Korxonada hozirda bir kunda 750 metrdan ziyod mahsulot ishlab chiqarilmoqda va mahalliy bozorda ham talab yuqoriligi uchun xaridorgir.

 Yana bir yozyovonlik yosh tadbirkor Xayrullo Mo’minov esa 20 yoshda. U o’z tadbirkorligini yo’lga qo’yganiga ko’p vaqt bo’lmadi. Maishiy xizmat yo’nalishida ish boshlashida dastavval muammolar kuzatildi va bartaraf etilishi orqali u ham tumanning ko’plab aholisini ish bilan ta'minladi. Uning tikuvchilik tsexida asosan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro’yhatda bo’lgan xotin-qizlar ish bilan band bo’lmoqda. 

E'tiborlisi, bu kabi kichik korxonalar yoshlarning kasb-hunar sirlarini o’rganishlarida ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 Farg’ona viloyatida Bosh vazirning joylardagi qabulxonalari tomonidan tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etish, qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube