Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 86 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA 9 OYLIK VA YIL YAKUNLARI BO’YICHA BARCHA SOHALARDAGI KO’RSATKICHLARNI ORTIG’I BILAN TA'MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

×

 2021-08-10 17:04:59    62

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimligida O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o’rinbosari Bahodir Turabov ishtirokida karantin talablariga amal qilingan holda videoselektor yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda barcha sohalarda 2021 yil birinchi yarim yil yakunlari natijadorligi hamda har bir hududlar bo’yicha joriy yilning to’qqiz oyi va yil yakuniga qadar amalga oshiriladigan aniq chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Yig’ilishda viloyat studiyasidan viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat hokimi o’rinbosarlari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, joylardagi studiyalaridan shahar-tuman hokimlari boshchiligidagi mas'ul rahbarlar qatnashdilar.

Dastlab viloyatda 6 oyda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi. Viloyat hokimi o’rinbosari Iqboljon Ergashev 2021 yilning yanvar-iyun oylarida xorijiy investitsiyalarni o’zlashtirish, dasturlar doirasida amalga oshirilishi belgilangan investitsiya loyihalarining ijrosi to’g’risida ma'lumot berdi. Shundan so’ng iqtisodiy kompleksda olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Oziq-ovqat, sanoat mahsulotlarini tayyorlash, qishloq xo’jaligini rivojlantirish, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash, ularga ko’mak ko’rsatish, ishlab chiqarish hajmini oshirish haqida so’z bordi.  

Tadbirda Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi rahbari Turobjon Qunduzovning ham bank kreditlarini ajratilishi bilan bog’liq hisoboti tinglandi. Mavjud kamchiliklar muhokama qilindi.

Yakunda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov va Hisob palatasi raisi birinchi o’rinbosari Bahodir Turabovlar tomonidan mutasaddilarga 9 oy va yil yakunlari bo’yicha yuqori natijalar qayd etish yuzasidan aniq topshiriq va ko’rsatmalar berildi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube