Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 48 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


OQ YO’L SIZGA, MAGISTRLAR!

×

 2021-08-10 17:51:44    79

PDF yuklash
Chop etish


Kuni kecha Farg’ona davlat universitetini tamomlagan 258 nafar yoshlar magistrlik diplomini olishga muvaffaq bo’ldilar. Ular ikki yil muddat oralig’ida ilmiy izlanishlar olib borgan holda, mehnat bozorida har tomonlama talablarga javob bera oladigan yetuk, raqobatbardosh mutaxassis bo’lib yetishish uchun olg’a intildilar. 

Bugun ular orasidan turli davlat mukofotlari sohiblari, tanlovlar g’oliblari, yosh ixtirochilar, sport ustalari, ilmiy salohiyati yuqori bo’lgan kadrlar yetishib chiqdi. E'tiborlisi, ushbu yo’nalishda ham gender tenglik sezilarli bo’y ko’rsatdi va  joriy yilda magistr bitiruvchilarning 141 nafarini qizlar tashkil etdi.

- Magistrlik diplomini quvonch bilan qo’liga tutgan har bir talabamiz hayotda o’z g’alabalari sari parvozga oshiqib turibdi. Ular o’z oldiga katta maqsad va rejalar qo’ygan. Magistraturaning 26 ta yo’nalishida dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan yoshlarimiz kelajakda ham ulkan yutuqlarga erishishiga ishonchimiz komil, - deydi universitetning magistratura bo’limi rahbari Zilola Sobirova.

O’ziga xos tantanaga aylangan magistrlarning diplom olish marosimi yoshlarga o’zgacha kayfiyat baxsh etdi. Tadbirda ishtirok etayotgan ota-onalarga ham bir olam quvonch ulashdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube