Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASHDA YANGICHA TIZIM: HECH BIR MUROJAAT E'TIBORDAN CHETDA QOLMASLIGI KERAK!

×

 2021-08-11 15:11:05    57

PDF yuklash
Chop etish


Bugun, 11 avgust kuni viloyat hokimligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari masalalariga qaratilgan videoselektor tarzidagi seminar-trening bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston Prezidenti Administratsiyasi mas'ul xodimlari, viloyat hokimi o’rinbosari Xurshidjon Ahmedov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, viloyat Xalq qabulxonasi mudiri Abduhoshim Abdullayev, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari hamda murojaatlar bilan ishlashga mas'ul xodimlar qatnashdilar.

Joylardagi studiyalardan esa shahar va tumanlar hokimlari va ularning o’rinbosarlari, tumandagi sektor rahbarlari va tashkilot boshliqlari ishtirok etdilar.

Joriy yilning 23 iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil etish chora-tadbirlari yuzasidan kengaytirilgan tarzda o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida davlatimiz rahbari murojaatlar bilan ishlashni yangi pog’onaga ko’tarish, “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak” tamoyilini hayotga tadbiq etishda muhim vazifalarni ilgari surgan edi. Bugungi amaliy seminar mazkur vazifalar ijrosini sifatli ta'minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan tashkil etildi.

Seminarda aholi murojaatlari bilan ishlashda e'tibor qaratish zarur bo’lgan jihatlarga alohida to’xtalib o’tildi. Murojaatlarni qayta o’rganish davomida yuzaga kelayotgan muammolar, ayrim tushunmovchiliklar, ularni bartaraf etish, ish samaradorligini yanada oshirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. 

Aholi murojaatlari bilan ishlashdagi dolzarb muammolar, murojaatlar bilan ishlash tizimini yangicha tashkil etish hamda “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to’g’risida”gi Qonun hujjatlari talablari yuzasidan ma'ruzalar tinglandi.

Seminarda aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosini o’z vaqtida ta'minlash bo’yicha amaliy ko’rsatmalar berildi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube