Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 62 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XALQ DEPUTATLARI VILOYAT KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2021-08-11 18:07:52    71

PDF yuklash
Chop etish


Bugun, 11 avgust kuni Farg’ona viloyati hokimligi katta majlislar zalida Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi o’ttiz beshinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiya ishida xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, viloyat hokimining tegishli o’rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Dastlab sessiya kun tartibidagi birinchi masala sifatida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting ko’rsatkichlariga ko’ra faoliyati “o’rta” va “qoniqarsiz” baholangan viloyatning (tegishli) tuman, shaharlarida amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada ko’rilayotgan chora-tadbirlar va ularning samaradorligi yuzasidan viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish boshqarmasi boshlig’i 1-o’rinbosari Yusufjon Xusainovning axboroti tinglandi.

Shuningdek, “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da viloyatda amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar yuzasidan tasdiqlangan viloyat Davlat dasturini joriy yilning 7 oylik ijrosi bo’yicha O’zbekiston yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig’i Muhammmadamin G’aniyev, viloyat hududlarida haq to’lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish, bu borada ushbu jamoat ishlariga haqiqatda ishsiz bo’lgan, shu jumladan “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalar a'zolarining jalb etilayotganligi yuzasidan viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig’i Yunusali Qo’chqorovlar o’z hisobotlari bilan ishtirok etishdi.

Ma'lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 4-5 fevral kunlari Farg’ona viloyatiga tashrifi davomida viloyatdagi 123 ta mahalla fuqarolar yig’inlarini og’ir ijtimoiy holatdagi fuqarolar yig’inlari sifatida belgilanib, ushbu hududlarda amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar alohida ta'kidlangan edi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi rahbari – viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan ushbu og’ir ijtimoiy holatdagi fuqarolar yig’inlari sifatida belgilangan hududlarda mas'ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar deputatlar tomonidan joyiga chiqqan holda o’rganilib, jamoat va deputatlik nazoratini o’rnatish bo’yicha topshiriq berilgan edi.

Xalq deputatlari Farg’ona viloyati va tuman-shahar Kengashlari deputatlari tomonidan hokimlik va mas'ul tashkilotlar vakillari bilan birgalikda joylarda o’rganish va tahlillar olib borildi. 

Sessiyada o’rganish natijalari bo’yicha xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Nafisaxon Elchiyevaning ham axboroti tinglandi.

Kun tartibidagi har bir masala yuzasidan deputatlar tomonidan savollar berildi va o’z o’rnida ushbu savollarga ma'ruzachilar misollar orqali javoblar qaytarishdi.

Sessiya so’nggida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazish bo’yicha “11-Farg’ona” saylov okrugi saylov komissiyasi tarkibiga tavsiya etilayotgan nomzodlar ma'lum qilindi. 

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi o’ttiz beshinchi sessiyasida ko’rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi va sessiya o’z ishini yakunladi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube