Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 137 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA NEFTNI QAYTA ISHLASH ZAVODINING SOBIQ 4- HAMDA 15-TSEXLARI HUDUDI LOTLARGA AJRATILIB, KICHIK SANOAT ZONALARI TASHKIL ETILADI.

×

 2021-08-14 09:45:46    79

PDF yuklash
Chop etish


Beshboladagi hajmi 2,5 ming tonnalik sovutkich viloyat hokimligining zahira omboriga aylantiriladi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, foydalanilmasdan turgan noturar ob'ektlardan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida avvaldan “Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJga tegishli bo’lgan, foydalanilmasdan turgani uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi balansiga o’tkazilgan sobiq 4- hamda 15-tsexlari hududida bo’ldi. Viloyat rahbariga shahar 4 ta sektor rahbarlari hamrohlik qildilar.

Maydoni 28 gektar bo’lgan 4-tsex hamda 8 gektar maydonda joylashgan 15-tsex hududidagi avvalgi ishlab chiqarish binolari qarovsiz holatga keltirilgani, bino ichidagi konstruktsiyalarning bir qismi ruxsatsiz demontaj qilingani viloyat hokimi tomonidan keskin tanqid qilindi.

Xayrullo Bozorov Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasiga ushbu tsexlar hududini lotlarga ajratish hamda elektron onlayn-auktsion orqali jozibador loyihalarni joylashtirish bo’yicha topshiriq berdi. 4-tsex hududi 19 ta, 15-tsex hududi esa 9 ta lotga ajratiladigan bo’ldi. Bu hududlarning tashqi infratuzilma (suv, elektr energiya, yo’l) bilan to’liq ta'minlanganligi tashkil etiladigan kichik sanoat zonalariga tadbirkorlarning qiziqishini ortirishi tabiiy.

“Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJga avval tegishli bo’lgan, Beshbola MFYda joylashgan hajmi 2,5 ming tonnalik sovutkichli sig’imga ega bo’lgan meva-savbzavot ombori viloyat hokimligining zahira omboriga aylantiriladigan bo’ldi. “Chimyon baraka savdo servis” MChJga davlat-xususiy sheriklik loyihasining kontseptsiyasini tayyorlash yuzasidan ko’rsatma berildi.

Viloyat hokimi shuningdek , Farg’ona shahrining Mustaqillik massivida 6 gektar hududda barpo etilishi rejalashtirilayotgan 18 ta 14-25 qavatli turar-joylar binolari qurilish ishlarini tezlashtirish, salohiyatli qurilish firmalarini aniqlab, yer uchastkalarini yagona elektron savdo maydonchasidagi elektron auktsionga qo’yish orqali sotilishini amalga oshirish bo’yicha shahar hokimi Mirzohid Ubaydullayevga tegishli topshiriqlar berdi. Hozirda bu yerda 2 ta 16 qavatli uy qurib bitkazildi, 4 ta binoning esa poydevori qazildi. 

Xayrullo Bozorov, shaharning Farg’ona ko’chasida joylashgan, avvaldan "Farg’onaazot" AJga tegishli bo’lgan hamda ixtisosli bo’lmagan va foydalanilmayotgan aktivlaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi balansiga o’tkazilgan “Dugoba” yoshlar uyi binosini borib ko’rdi.

Viloyat rahbari, 80 o’rinli mehmonxona tipidagi bino hamda yonida joylashgan sport zalidan iborat “Dugoba” yoshlar uyidan samarali foydalanish, uni to’la ta'mirlab, oliy ta'lim muassasalari talabalari yoki ilmiy xodimlari yotoqhonasiga aylantirish bo’yicha ish tashkil etishni belgilab berdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube