Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 58 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA TUMANIDA 1000 TA OILANING BANDLIGINI TA'MINLAYDIGAN 300 GEKTARLIK MALINA PLANTATSIYASI BARPO ETILADI

×

 2021-08-14 14:59:42    73

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Farg’ona tumanining malina yetishtirish keng ommalashgan hududlaridan biri – “Dilkusho” mahallasida bo’lib, malinachilikni rivojlantirish imkoniyatlari bilan tanishdi.

Dastlab aholi xonadonlarida malina yetishtirish jarayonlarini ko’zdan kechirgan viloyat rahbari, so’ngra malinazorlar tashkil etilgan dehqon xo’jaliklarini ham borib ko’rdi. 

“Dilkusho” mahallasida yashovchi aholi tomorqalari malina hamda uzumchilikka ixtisoslashgan bo’lib, oila byudjeti uchun sezilarli daromad manbasiga aylangan. Xonadonlarda malinadan ikki marta hosil yig’ib olinadi. Viloyat hokimi tashrif buyurgan xonadonlardan biri – Ilhomjon Yo’ldoshev hovlisida 10 sotix yerda uzumzor barpo etilgan bo’lib, ostiga malina ekilgan. Xonadon sohibi, o’tgan yili uzumdan 40 million so’m, malinadan 20 million so’m daromad olganini aytib, bu yil undan ham kattaroq daromadni ko’zlab turganini qayd etdi. 

Viloyat hokimi “Dilkusho” mahallasiga tutash hududdagi sug’orish muammosi bo’lgan, samarasiz yer maydonlarini borib ko’zdan kechirdi. Hudud iqlimining malina yetishtirishga mosligini hisobga olgan holda, bu yerdagi bo’sh maydonlardan 300 gektarida malina plantatsiyasi barpo etish, buning uchun maydonlarni toshlardan tozalash, tabiiy o’g’itlar bilan oziqlantirish, tik quduqlar qazish va nasoslar o’rnatish bo’yicha topshiriq berdi. Tashkil etiladigan malina plantatsiyasi 30 sotixdan 1000 ta oilaga bo’lib berilishi va kooperatsiya shaklida faoliyat yuritishi belgilab berildi. Buning natijasida shuncha oilaning doimiy bandligi ta'minlanadi, shuningdek hosil yig’ish davrida 3000 tadan ziyod mavsumiy ish o’rni yaratiladi. Shuningdek, hududda dastlabki bosqichda muzlatkichli meva saqlash ombori insho etish bo’yicha tashabbuskor sarmoyador aniqlanib, yetishtirilgan hosilni yig’ib, eksportga yo’naltirish choralari ko’riladi. Ikkinchi bosqichda malinani qayta ishlash korxonasi tashkil etilishi rejalashtirildi.

Malina yetishtirishning o’ziga xos jihatlari yuzasidan mahalliy aholi bilan muloqot qilgan Xayrullo Bozorov, hozirda malina yetishtirishda hosildorlik gektariga o’rtacha 10-12 tonna ekanini, yangi tashkil etiladigan plantatsiyada yanada yuqori hosildorlikka erishish uchun xorijiy davlatlardan yangi malina ko’chatlari olib kelinishini yo’lga qo’yish, malinachilik bo’yicha tajriba almashinuvini tashkil etish bo’yicha mutasaddilarga vazifalar belgilab berdi.

Yangi plantatsiya tashkil etilishi uchun ko’zda tutilgan yer maydonlarining geologiyasini hamda agrokimyoviy xossalarini o’rganish bo’yicha ishga kirishildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube