Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA 300 GEKTAR MAYDONDA 40 MING AHOLIGA MO’LJALLANGAN EKOSHAHAR HAMDA 24 MING ISHCHI O’RNI YARATILADIGAN KICHIK SANOAT HUDUDI BARPO ETILADI

×

 2021-08-16 16:02:32    408

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’ona shahri va tumani tutashgan joyda, Xalqaro aeroport yaqinidagi “Ilg’or” MFY hududida barpo etilishi rejalashtirilayotgan Ekoshahar hamda kichik sanoat hududi loyihasini muhokamasini o’tkazdi.

Viloyat hokimining o’rinbosarlari, shahar hokimi Mirzohid Ubaydullayev, viloyatdagi qurilish va infratuzilmalar barpo etishga aloqador tegishli boshqarma va tashkilotlar rahbarlari viloyat rahbariga ushbu loyihaning iqtisodiy-texnik ko’rsatkichlari haqida ma'lumot berdilar.

Eski aerodom hududidan 150 metrlik muhofaza zonasi qoldirgan holda 24 ming ishchi o’rni yaratiladigan kichik sanoat hududi joylashtiriladigan, so’ngra 10 gektar maydondan iborat yashil hudud bilan qoplanib, 40 ming aholiga mo’ljallangan 7-25 qavatli 313 ta ko’p qavatli turar-joylar va ijtimoiy ob'ektlar bilan davom etadigan Ekoshahar loyihasi jami 300 gektar maydonda amalga oshiriladi.

Viloyat hokimi, loyihani takomillashtirish yuzasidan o’z fikrlarini bildirib, shaharchaga keladigan asosiy yo’llarni kelajakda ham yetarli kenglikda bo’lishini, qurilishi rejalashtirilayotgan maktab, bog’cha hamda boshqa ijtimoiy ob'ektlarning kutilayotgan aholi soniga mutanosib xizmat ko’rsata olishi lozimligini, sanoat hududida joylashtiriladigan ishlab chiqarish korxonalarining ekoshahar kontseptsiyasiga uyg’un shaklda ekologik toza texnologiyalarga asoslangan bo’lishini ta'minlash yuzasidan ko’rsatmalar berdi.

Xayrullo Bozorov, mas'ullarga ushbu shaharchaning o’rtasidan oqib o’tishi rejalashtirilgan kanalni qazish ishlariga kirishish, shaharchadagi yashil maydon hududlarini rejasini belgilab, Ekoshaharning obodonlashtirish loyihasini ishlab chiqish, bunda yashil maydonlar va daraxtzor orasida sayr qilish va velosport bilan shug’ullanish uchun yo’lakchalar bo’lishini hisobga olish, kichik sanoat hududini 50 sotixdan lotlarga ajratib, tashabbuskorlarni aniqlash hamda onlayn auktsion orqali savdoga chiqarish va boshqa topshiriqlarni belgilab berdi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube