Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA SHAHRIDAGI ESKI AMFITEATR O’RNIDA IT-PARK VA ZAMONAVIY KUTUBXONA BARPO ETILADI

×

 2021-08-16 16:35:21    70

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahrining Al-Farg’oniy hamda Saylgoh ko’chalari kesishuvida joylashgan eski amfiteatr o’rnida IT-Park va zamonaviy kutubxona barpo etiladi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun ushbu hududda bo’lib, poydevorida cho’kish va og’ish yuzaga kelganligi sababli foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan amfiteatrda olib borilayotgan demontaj ishlarini ko’zdan kechirdi hamda yangi loyihani mas'ullar ishtirokida muhokama qildi.

Aholi, ayniqsa yoshlar uchun axborot texnologiyalari jadal ildamlayotgan bugungi kunda o’ta zarur bo’lgan IT-Park, shuningdek zamonaviy kutubxona hamda til o’rgatish markazini o’z ichiga olishi rejalashtirilgan majmuaning taklif etilgan me'moriy loyihasi viloyat hokimining qator e'tirozlariga sabab bo’ldi. Viloyat rahbari bir oy muddatda loyihani tubdan qayta o’zgartirish bo’yicha ko’rsatmalar berdi. Shuningdek, aholiga qulaylik yaratish uchun binoning birinchi qavatiga savdo shaxobchalarini joylashtirish va ularni xo’jalik hisobida faoliyat yuritadigan IT-Park balansiga berish orqali ushbu muassasani iqtisodiy qo’llab-quvvatlash maqsadga muvofiq bo’lishini aytib o’tdi.

Xayrullo Bozorov, shahar mas'ullariga qisqa muddatda eski amfiteatrni buzish ishlarini yakunlash hamda qurilish maydonchasini tayyorlash bo’yicha topshiriq berdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube