Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 113 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOYEVNING “YANGI O’ZBEKISTON” GAZETASIGA BERGAN INTERVYUSI YUZASIDAN VILOYAT HOKIMLIGIDA “YANGI O’ZBEKISTON DEMOKRATIK O’ZGARISHLAR, KENG IMKONIYATLAR VA AMALIY ISHLAR MAMLAKATIGA AYLANMOQDA” MAVZUSIDA UCHRASHUV TASHKIL ETILDI

×

 2021-08-20 09:28:22    93

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyati hokimligi majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O’zbekistonning oxirgi besh yillikdagi rivojlanish yo’li, ichki va tashqi siyosati, hozirgi kundagi ustuvor vazifalar haqida “Yangi O’zbekiston” gazetasi bosh muharririga bergan intervyusida keltirilgan fikrlarning mazmun-mohiyati hamda intervyudan kelib chiqadigan vazifalar muhokamasiga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Viloyat hokimligi vakillari, viloyatdagi tashkilot va boshqarmalar rahbarlari, xalq deputatlari viloyat kengashi deputatlari, keng jamoatchilik vakillari hamda OAV xodimlari ishtirokida o’tkazilgan yig’ilishda Davlatimiz rahbari tomonidan intervyuda ko’tarilgan masalalar yuzasidan keng fikr almashinuvi o’tkazildi. Muhokamalarda intervyuning O’zbekiston uchun siyosiy-mafkuraviy ahamiyati, Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ijtimoiy adolat norma va tamoyillariga asoslangan Yangi O’zbekistonni barpo etish borasida yaqin kelajakda amalga oshirishimiz zarur bo’lgan olti ustuvor vazifa, kundalik hayotimiz va xizmat faoliyatimizni mazkur vazifalarni ado etish zaruriyati bilan uyg’unlashtirmog’imiz lozimligi haqida so’z bordi.

Davlatimiz rahbari intervyuda yangi islohotlarni amalga oshirishning strategik vazifaga aylanganini, ushbu islohotlarning asl muddaosi Yangi O’zbekistonni barpo etish bilan bog’liqligini ifodalab bergani, uchrashuvda asosiy e'tibor yo’naltirilgan jihat bo’ldi.

- “Yangi O’zbekistonni barpo etish, - deb ta'kidlagan mamlakatimiz Prezidenti, - bu shunchaki hohish-istak, sub'ektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bo’lgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy vaziyatning o’zi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga to’la javob beradigan ob'ektiv zaruratdir”.

Dastlab so’z olgan Farg’ona davlat universiteti rektori rektori Bahodir Shermuhammadov Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O’zbekiston” gazetasiga bergan intervyusida mamlakatimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini ta'minlash, ularning ta'lim olishi, mehnat qilishi, bilim va qobiliyatini ro’yobga chiqarishi bo’yicha katta chora-tadbirlar hamda vazifalar belgilanganini mamnuniyat bilan qayd etib, davlatimiz rahbarining bu katta ishonchini oqlash uchun yurtimiz yoshlari qatorida farg’onalik yoshlar ham katta ishtiyoq bilan harakat qilishayotganini ta'kidladi.

O’zLiDeP Farg’ona viloyat Kengashi rahbari Rahmatillo Kamolov esa yaqin o’tmishda tadbirkor ekanini aytishga ham qo’rqqan tadbirkorlarimiz bugun emin-erkin faoliyat olib borayotganligini, yurtimizdagi islohotlar tufayli qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilganligini ta'kidlab, biznesni qo’llab-quvvatlash, tadbirkorlik va xususiy mulkni himoya qilish masalasida Prezidentimiz tomonidan intervyuda bildirilgan fikrlar, belgilab berilgan vazifalar mamlakatimizdagi mahalliy va xorijiy tadbirkorlar hamda ishbilarmonlar doirasi uchun yanada ulkan ishonch bilan o’z faoliyatlarini rivojlantirishlariga yo’l ochishini aytib o’tdi.

“Farg’ona haqiqati” gazetasi bosh muharriri, viloyat jurnalistlari uyushmasi raisi Muhammadjon Obidov, Davlatimiz rahbari deyarli har bir chiqishlarida axborot sohasidagi islohotlar izchil davom etishi, ortga yo’l yo’q ekanini ta'kidlab kelishlarini qayd etib, Prezidentimiz intervyuda “biz erishgan eng muhim natija ham aslida shu – demokratik islohotlarimiz ortga qaytmaydigan tus oldi”, deya alohida ta'kidlagani zamirida ham OAV, axborot sohasida amalga oshirilgan ishlar mujassam ekaniga urg’u qaratdi. 

Davlatimiz rahbari intervyuda ta'kidlaganidek, barcha islohotlar xalqimiz farovonligi va ularning munosib turmush sharoitini yaratish uchun xizmat qilayotgani uchrashuvda qayta qayta yangragan asosiy g’oya bo’ldi.

Bunday uchrashuvlar viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida ham bo’lib o’tadi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube