Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV FUQAROLAR QABULI O’TKAZDI. QABULDA RESPUBLIKADA TANIQLI BLOGERLAR HAM ISHTIROK ETDI

×

 2021-08-20 09:31:42    96

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Qo’qon shahri, Rishton va Quva tumanlaridan kelgan fuqarolar uchun viloyat hokimligi binosida ochiq maydonda sayyor qabul o’tkazdi. Qabulda taniqli blogerlar Emine Karamanova va Nigora Alimova ham ishtirok etishdi.

Viloyat hokimining o’rinbosarlari, viloyat prokurori va IIB boshlig’i, Qo’qon shahri, Rishton va Quva tumanlari hokimlari va sektor rahbarlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida tashkil etilgan qabulda deyarli barcha murojaat o’z yechimini topdi. Oilaviy ishlab chiqarish tsexiga tikuv mashinasi olib berish, uyini ta'mirlashga ko’maklashish, tadbirkorlikni boshlashga kredit ajratib berish, nogironligi bo’lganligi uchun subsidiya asosida uy-joy bilan ta'minlash, mahallalarning gaz, suv va elektr ta'minotini yaxshilash, sud qarorlarini qayta ko’rib chiqilishiga ko’maklashish kabi qator masalalar bilan qilingan murojaatlar ijobiy hal etildi.

“Viloyatda fuqaro murojaatlari bilan ishlash, aholining iqtisodiy-ijtimoiy muammolarini hal etish borasida juda katta ishlar qilinmoqda. Biroq shuni ham tan olish kerakki, ko’p yillar davomida salmoqli miqdorda muammolar ham yig’ilib qolgan. Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan Temir daftar, Ayollar daftari yoki Yoshlar daftariga kiritilgan oilalarga 2021 yil boshidan beri ko’rsatilgan moddiy yordam miqdori viloyatimizning o’zida 100 milliard so’mdan oshdi. Bundan tashqari masalalar yechimi uchun jalb etilayotgan katta miqdordagi homiylik yordamlari ham bor. 

Davlatimiz rahbari “Yangi O’zbekiston” gazetasiga bergan intervyularida ta'kidlab o’tganlaridek, muhtoj fuqarolarni to’g’ridan-to’g’ri, aniq maqsad bilan moddiy qo’llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirishda asosiy e'tibor endi aholining kam ta'minlangan qatlamlariga dotatsiya berish emas, balki ularga daromad topish uchun zarur sharoit va imkoniyatlar tug’dirishga qaratilmoqda”, - dedi qabulni boshlashdan avval so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov.

Qabulga kelgan ba'zi fuqarolarning murojaatlari qabul o’tkazgan rahbarlardan avval yig’ilgan fuqarolarni taajjublantirdi. Muttasil salmoqli mablag’ va boshqa ko’rinishdagi moddiy yordam bilan ta'minlanib kelinayotgan fuqarolarning yana yordam so’rab qilgan murojaatlarini eshitib turgan bloger Emine Karamanova so’z olib, “Yana necha yil davlatning bo’ynida o’tirmoqchisiz? Sizga moddiy yordam ko’rsatish qayergacha borishi kerak?” deb masalaga tanqidiy yuzlandi. O’ziga ham turli hududlardan ko’plab murojaatlar kelib tushishini qayd etgan bloger, haqiqiy muhtojlar bir chetda qolib, ko’proq to’polon qilganlarga yordam qilinishi ijtimoiy adolat nuqtai nazaridan to’g’ri bo’lmasligini ta'kidladi. “Ijtimoiy muammolar, kommunal xizmatlar, yo’l, kredit, boshqa shunga o’xshagan muammolarning yechimini so’rab qilingan murojaatlar juda o’rinli. Lekin hamma narsani menga bepul ber, degan yondashuv boqimandalikning yanada o’sishiga olib keladi”, - dedi Karamanova.

Qabulda kelgan fuqarolar, o’z muammolariga tezkor yechim topilganidan xursand holda qaytishdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube