Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADAGI “KVARTS” KORXONASIDA YILLIK QUVVATI 22,2 MLN. KV.METR BO’LGAN FLOAT OYNALAR ISHLAB CHIQARISH LINIYASI ISHGA TUSHIRILDI

×

 2021-08-26 18:32:29    87

PDF yuklash
Chop etish


Eng ulug’, eng aziz bayramimiz – O’zbekiston Mustaqilligining 30 yilligi arafasida Quvasoy shahridagi “Kvarts” korxonasida float oynalar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Yangi liniyaning ishga tushirilishiga bag’ishlab o’tkazilgan tantanali ochilish tadbirida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.

Tadbirda so’z olgan viloyat rahbari kirib kelayotgan Mustaqillik bayrami hamda yangi liniyaning ishga tushirilishi munosabati bilan barcha ishchi xodimlarni tabriklab, boshlangan ezgu ishlar davomli bo’lishini tiladi:

- Bugun rasmiy ochilishi o’tkazilayotgan “Kvarts” AJning float oyna ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi o’zgacha ahamiyatga ega. Sababi MDH davlatlari hududida analogi bo’lmagan mana shunday ajoyib zavod qurib bitkazildi va foydalanishga topshirilyapti. Bu yerda sifatli, xaridorgir, dunyo bozoriga bemalol raqobatbardosh bo’lib kira oladigan mahsulot ishlab chiqarish boshlanmoqda.

Ushbu yangi liniyani tashkil etish g’oyasi korxonaning avvalgi va hozirgi rahbarlari, marketingi, jamoasi tomonidan o’rtaga tashlanganligidan juda xursand bo’ldim. Biznes-rejani ham o’zlari tayyorlab, dunyodagi qaysi texnologiyalarni qo’llash kerakligi, qancha pul sarflanadi, hammasi aniq hisob-kitob qilingan. Mening xursand bo’lgan jihatim – bu davlat korxonasida amalga oshirilyapti, bugun kamdan-kam davlat korxonalari bu darajada samarali ish tashkil qilmoqda.

Bu korxonaning kelajagi juda baland va albatta bularning ertaga olib keladigan daromadi eski, bir necha o’n yildan buyon ishlab kelgan ishlab chiqarish liniyalarini ham modernizatsiya qilishga imkon beradi. Korxona respublikada eng ko’p daromad oladigan ishlab chiqarish majmualaridan biri bo’lishiga tilakdoshmiz. Bizda ham ishchilar 2-3-5 ming dollar maosh olib ishlaydigan davrlar keldi. Xudo xoxlasa bu zavod birinchilardan bo’lib, shu darajadagi eng ilg’or korxonalar safidan o’rin olishiga shak-shubha yo’q. 

Qolaversa, yangi ishlab chiqarish liniyasi bilan birga “Kvarts” AJ viloyatimiz sanoatiga salmoqli hissasini qo’shadi. Eng arzon narxlarda hisoblaganda 1 yilda 400 mlrd. eng ko’pi 1 trlngacha mahsulot ishlab chiqarib, viloyatimizdagi sanoat hajmini oshirishga katta xizmat qiladi".

Davlatimiz rahbarining qurilish materiallari sanoati rivojiga bo’lgan alohida e'tibori natijasida so’nggi yillarda mamlakatimizda bunyodkorlik ishlari tobora ortib, qurilish materiallari sanoati iqtisodiyotning yetakchi tarmog’iga, o’sish nuqtalaridan biriga aylanib bormoqda.

Bugun ishga tushirilgan loyiha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 sentyabrdagi “Kvarts” AJda listlangan oyna ishlab chiqariladigan yangi float-liniyasini qurish bo’yicha investitsiya loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi F-5374-son farmoyishi hamda 2020 yil 9 yanvardagi PQ-4563-sonli “O’zbekiston Respublikasining 2020–2022 yillarga mo’ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori ijrosi doirasida amalga oshirildi.

Qurilish oynasi ishlab chiqarish bo’yicha yetakchi hisoblangan “Kvarts” AJda foydalanishga topshirilgan float (qurilish) oynasi ishlab chiqarish yangi texnologik liniyasi umumiy qiymati 70,2 mln dollarni tashkil etdi. Ushbu bunyodkorlik ishlariga 41,5 mln dollar miqdoridagi investitsiya va kreditlar yo’naltirilgan. 

Yangi liniyada yiliga 22,2 mln kv metr 2 mm shartli qalinlikdagi bo’lgan float oynasi ishlab chiqariladi. Bu yerda 280 ta yangi ish o’rinlari yaratildi. Korxonaga YEvropa davlatlaridan va Xitoydagi qurilish oynasi ishlab chiqarish bo’yicha yetakchi kompaniyalardan zamonaviy, energiya tejamkor, so’nggi rusumdagi uskunalar keltirilib o’rnatilgan. 

Eng muhimi loyiha amalga oshirilgach energiya sarfi 2 barobarga kamaydi. Mahsulot tannarxi 20-30 foizga arzonlashishi kutilmoqda. Shuningdek, zavodning qurilish oynasi ishlab chiqarish bo’yicha yillik quvvati 10 mln kv. metrdan 32 mln kv. metrga (shartli 2 mm qalinlikda) yetkazildi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, mahalliy bozorda qurilish oynasiga bo’lgan talab deyarli koplanib, eksport ko’lami kengaytiriladi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube