Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 138 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA “KELAJAK LIDERLARI” KLUBI FAOLIYATI YO’LGA QO’YILDI

×

 2021-08-26 18:34:18    131

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimligi Qabullar uyida Farg’onada tashkil etilgan “Kelajak liderlari” klubining dastlabki taqdimot uchrashuvi bo’lib o’tdi. 

Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etib, yoshlarni kirib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi, kelgusi faoliyatlariga omad tilagan holda o’z tavsiyalarini berdi.

O’z so’zida yoshlar uchun so’nggi yillarda davlatimiz rahbarining yuksak e'tibori natijasida yaratilgan sharoitlar haqida to’xtalib o’tgan viloyat rahbari, xalq roziligi yo’lida bugun olib borilayotgan izchil islohotlar, zamon bilan hafnafas bo’lgan, yangicha fikrlaydigan, bilimli va zukko yosh rahbarlar talab qilayotganini ta'kidladi. Yoshlar buyuk maqsadlar sari harakatni bugundanoq boshlashlari lozimligini qayd etgan Xayrullo Bozorov, ularga kelgusi ishlarida zafarlar tiladi.

Salohiyatli yoshlarni davlat fuqarolik xizmatiga tayyorlash, ularda liderlik ko’nikmalarini shakllantirish, yosh kadrlarni selektsiya qilish maqsadida faoliyati yo’lga qo’yilgan «Kelajak liderlari» klubi a'zoligi uchun o’tkazilgan 4 bosqichli ochiq tanlovda 700 dan ziyod 20 yoshga kirgan va 35 yoshdan oshmagan viloyatimiz yoshlari ishtirok etib, ulardan 50 nafari saralab olindi. Bugungi tadbirda ularga viloyat hokimligi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg’ona viloyat filiali qoshida tashkil etilgan “Kelajak liderlari” klubining a'zolik sertifikatlari tantanali ravishda topshirildi.

Tadbir davomida Xayrullo Bozorov “Kelajak liderlari” bilan o’zaro muloqot qilib, klub faoliyatini samarali tashkil etish, bunda e'tibor qilinishi lozim bo’lgan jihatlar haqida fikr almashdi. Klub a'zolari yakdillik bilan viloyat rahbariga Farg’ona “Kelajak liderlari” klubining faxriy rahbari bo’lish taklifini ilgari surishdi va bu taklif Xayrullo Bozorov tomonidan qabul qilindi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube