Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 141 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


ROSSIYANING UZOQ YAMALO-NENETSK AVTONOM OKRUGIDA VATANDOSHLARIMIZ UCHUN MUSTAQILLIK BAYRAMI SHODIYONALARI TASHKIL ETILDI

×

 2021-08-30 16:16:15    66

PDF yuklash
Chop etish


Davlatimiz Rahbarining tashabbusi bilan xorijda yashayotgan va mehnat qilayotgan hamyurtlarimiz bilan birga xalqimizning eng ulug’, eng aziz ayyomi – Mustaqillik kuni bayramini birgalikda qutlash uchun Rossiya Federatsiyasida bo’lib turgan Farg’ona viloyati delegatsiyasi a'zolari Yamalo-Nenetsk avtonom okrugida joylashgan Yangi Urengoy shahrida vatandoshlarimiz bilan uchrashdilar.

Sanoatining katta qismi neft va gaz qazib olishdan iborat bo’lgan ushbu shaharga 1970-1980 yillarda Tyumen neftini qazib olish chog’ida asos solingan.

Tashrif jarayonida viloyat delegatsiyasi shahardagi yirik neft va gaz qazib olishga ixtisoslashgan “Eriell neftegazservis” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi. 3800 nafardan ziyod ishchilarga ega bo’lgan korxonada ma'muriy va ishchi xodimlarining ko’p qismini o’zbekistonlik, xususan farg’onaliklar tashkil etadi. 

"Eriell Group" xalqaro neft konlariga xizmat ko’rsatish kompaniyasining Yangi Urengoy shahridagi bo’limi 2008 yilda o’z faoliyatini boshlagan. Avval boshida 2 ta burg’ulash uskunasi bilan ish yuritgan bo’lsak, hozirga kelib uskunalarimiz soni 30 tadan oshdi. Bizning asosiy vazifalarimizdan biri xodimlarga yaxshi shart-sharoitlarni yaratib berishdan iborat. Shuning uchun xodimlarimizning turar-joylari va oziq-ovqatlari ta'minoti alohida e'tiborda. Korxonamizga keladigan yangi xodimlar bilan ishlashda aniq bir zanjirsimon tizim yo’lga qo’yilgan. Unga ko’ra xodimlar Rossiyaga kelishlaridan boshlab ularni kutib olish, bazaga joylash, zarur oziq-ovqat bilan ta'minlash, xujjatlarini rasmiylashtirish, avtomobil, vertolyot yoki samalyotlar orqali ularni tegishli hududlarga joylashtirish ishlari kompaniyamiz tomonidan amalga oshiriladi, Bugun Farg’ona viloyati delegatsiya bilan mustaqilligimizning 30 yilligini tantana qilyapmiz. Albatta, bundan yozi juda qisqa, sovuq havo yil davomida hukmron bo’ladigan joyda, o’z oila-a'zolaridan uzoqda mehnat qilayotganlarning quvonchlari cheksiz. Ular Prezidentimiz, hukumatimiz e'tiborida ekanliklarini yana bir bor chin yurakdan xis etishmoqda”, - dedi korxona direktori Ikrom Yusupov.

Shu kuni korxonada xorijdagi vatandoshlar ishtirokida o’tgan bayram tadbirida O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov, O’zbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Botir Asadov, O’zbekistan Respublikasining YEkaterinburg shahridagi bosh konsuli Abdusalom Xatamovlar ham qatnashdi. So’z olganlar bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali ham ko’plab xorijlik yurtdoshlarimiz O’zbekistondagi o’zgarishlarga, islohotlarga guvoh bo’layotganliklariga, shuningdek, chet eldagi fuqarolarimiz doimo e'tiborda ekanliklarini ta'kidlashdi. Bayram bilan hamyurtlarimizni tabrikladilar.

Tadbir katta kontsert dasturi, bayram shukuhi bilan to’lgan raqslar bilan davom etdi. Tadbirda elimiz ardog’idagi sevimli xonanda Abdujalil Qo’qonov, «Navo» guruhi, «Qir gullari» raqs jamoasi, shuningdek, bir qator yosh va umidli san'atkorlar o’z chiqishlari, qo’shiq va raqslari bilan yig’ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdilar.

Vatandoshlarimiz hamda mahalliy mehmonlar uchun milliy taom – palov tortildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube