Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 54 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA OLTIARIQ TUMANIDA 12 TA KO’P QAVATLI ZAMONAVIY TURAR-JOY BINOLARI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2021-08-30 16:25:25    76

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Oltiariq tumani Qapchug’ay MFY hududida qurib bitkazilgan 12 ta 4-5 qavatli zamonaviy turar-joy binolarining foydalanishga topshirilishiga bag’ishlangan tadbirda ishtirok etdi.

Aholi uchun qulay va shinam, barcha zamonaviy sharoitlarga ega bo’lgan ushbu turar-joylarda 340 xonadon mavjud.

Ochilish marosimida so’z olgan viloyat rahbari, tuman aholisini Mustaqilligimizning 30 yillik bayrami bilan qutlab, aholini uy-joy bilan ta'minlash sohasida so’nggi yillarda olib borilayotgan ulkan ishlarga to’xtaldi:

“Bugun Oltiariqda katta bayram, sababi 12 ta ko’p qavatli uylar foydalanishga topshirilyapti. Aslini olganda 5 yil oldin bu kabi uylar qurilishini tasavvur qilib bo’lmasdi. Bu uylarning qurilishi yaqinda, 6-8 oy avval boshlangan edi. Qisqa muddatda mana shunday charog’on mavze' barpo etilib, O’zbekiston Mustaqilligi 30 yilligi ko’chasi deb nomlanib, bugun mana shunday shinam xonadonlar bitkazib berilgani ham Prezidentimizning xalqchil islohotlari natijasidir. 

Joriy yilning o’zida viloyatimiz bo’yicha 292 ta, 7500 xonadondan iborat ko’p qavatli uylarni quryapmiz. Birgina misol, Bag’dod tajribasi respublikaga yoyildi. Bag’dod tumani tashkil qilingandan buyon 49 ta 2-3-4 qavatli uylar qurilgan bo’lsa, bugun bitta “Muruvvat” mahallasida 61 ta uy qurilmoqda. Bugun xalqimizda bu kabi zamonaviy, shinam uylarga katta ehtiyoj bor. Hozirda 4-5 qavatli uylar qurayotgan bo’lsak yaqin kelajakda, 2-3 yil ichida hatto qishloqlarda ham 7-9, 10-16 qavatli uylar quriladi. Zamon shuni talab qilyapti. Birinchi maqsad – aholimizning uy-joyga bo’lgan ehtiyojini qondirish bo’lsa, ikkinchisi bu uylarning har birini qurishda kamida 70-80 nafar odam ish bilan band bo’lyapdi degani. Ushbu 12 ta uyni qurilishida kamida 1000 ta odam ish bilan ta'minlandi. Eng quvonarlisi, bu kabi qurilishlar davom etyapti. Oltiariq tumanining o’zida yana 22 ta ko’p qavatli uy-joy qurilishi bormoqda.

Ushbu uylar – oltiariqlik quruvchilarning Mustaqilligimizning 30 yillik to’yiga tuhfasi. Niyat qilamizki, ushbu xonadonlarda o’sadigan farzandlar yurtimizga sadoqat bilan, fidoyilik bilan xizmat qiladigan, zabardast, komil insonlar bo’lib yetishadi”.

Tantanali tadbirning ochilish marosimidan so’ng viloyat rahbari xonadonlarda bo’lib, yangi xonadon egalari bilan suhbatlashdi. Yangi uylar, unda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Xonadon egalari ham davlat rahbarining g’amxo’rligi natijasi o’laroq shunday shinam, barcha qulayliklar yaratilgan uylarga ko’chib kirishganliklari Mustaqillik bayramining 30 yilligiga munosib to’yona bo’lganligini alohida quvonch bilan aytib o’tishdi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube