Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 114 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


OLTIARIQ TUMANIDA "AYOLLAR DAFTARI", "YOSHLAR DAFTARI"DAGI 480 NAFAR FUQARONING BANDLIGI TA'MINLANIB, 33 NAFAR BOLAJONLARNING SUNNAT TO’YLARI O’TKAZILDI

×

 2021-08-30 16:56:33    116

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Oltiariq tumani Qapchug’ay MFY hududida qurib bitkazilgan ko’p qavatli zamonaviy turar-joy binolarining foydalanishga topshirilishiga bag’ishlangan tantanali tadbir haqiqiy bayramga aylanib ketdi.  

Tantanali tadbir davomida tumandagi “Ayollar daftari” ga kiritilgan 260 nafar xotin-qizlar hamda “Yoshlar daftari” ro’yxatida turuvchi 220 nafar yoshlarning o’z-o’zini band qilishini ta'minlash maqsadida velosiped, o’simliklarga kimyoviy ishlov berish apparati, tikuv mashinasi va elektr pechlar topshirildi.

Tadbirda ishtirok etgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Mustaqillik tufayli, Prezidentimizning oxirgi besh yilda olib borgan siyosatlari natijasida joylarda mahalliy boshqaruv organlariga juda katta erkinliklar berilayotganini, aynan davlatimiz rahbarining tashabbuslari viloyat byudjetining ortiqcha bajarilgan qismidan 130 mlrd. so’m yil yakuniga qadar uchta daftarga kiritilgan oilalarga to’g’ridan to’g’ri sarflanayotganligini, aslini olganda bunday xayrli ishlar hech qaysi davlatda yo’qligi va bu kabi ishlarning barchasi Prezidentimiz xalqimiz turmushi farovonligini oshirish maqsadida yaratib bergan qo’shimcha imkoniyat, sharoitlar ekanligini aytib o’tdi.

Shuningdek, tadbir doirasida Oltiariq tumanida istiqomat qiluvchi 33 ta kam ta'minlangan oila farzandlari uchun sunnat to’ylari ham o’tkazildi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube